Issqlik o`tkazuvchanlik koeffisenti va molekulalarning o`lchamlari
(5.2) tenglamani birmuncha uzgartirish mumkin, buning uchun undagi λ urnini uning (1.4) formuladagi qiymatini quyamiz. U holda issiqlik o`tkazuvchanlik koeffisentining ifodasi quyidagi ko`rinishga keladi:
bunda q=4πr2 (6.1)
va Cv kattaliklar boshqa manbalardan ma`lum. Shuning uchun. agar issiqlik o`tkazuvchanlik koefiisentining qiymati ulgangan bo`lsa. bu formular molekulalarning kundalang kesimi q yoki radiusini baholashga hizmat qilishi mumkin.
Masalan ulchash ma`lumotlariga kura kislorodning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffisenti 00C da 0.024 Vt/m∙K ga teng. va Cv ning bizga ma`lum bo`lgan qiymatlaridan foydalanib, quyidagi qiymatni keltirib chiqaramiz:
bundan molekulaning radiusi
Ko`plab gazlarning molekulalari o`lchamlari - kattalik jihatidan birday tartibdadir. Bu 1-jadvaldan ham kurish mumkin.
1 -jadval
Gaz
|
Molekulalarning diametri
|
Gaz
|
Molekulalarning diametri
|
Vodorod
Geliy
Azot
|
2,74∙10-10 m
2,18∙10-10 m
3,75∙10-10 m
|
Kislorod
Argon
|
3,61∙10-10 m
3,64∙10-10 m
|
Shunday qilib, issiqlik o`tkazuvchanlikning (6.1) ifodasiga kiruvchi kattaliklardan Cv va q barcha ideal gazlar uchun tahminan birday ekan. Shuning uchun o`tkazuvchanlik koeffisenti qiymatidagi farq faqat molekulalar o`rtacha tezliklari d qiymatlariga bog`likligi bilan tushuntirilishi mumkin. Berilgan temperaturada molekulalarning tezligi ularning massalariga bog`liq bo`lgani uchun shuni kutish mumkinki, molekularning issiqlik harakati tezligi katta bo`lgan yengil gazlarda issiqlik o`tkazuvchanlik koeffisenti og`ir gazlardagiga nisbatan katta bo`ladi. Bu tajriba yaqqol tasdiqlanadi, uni gazlar issiqlik koeffisentlari haqida tajriba ma`lumotlari keltirilgan 2- jadvalda ko`rish mumkin.
2- jadval
Gaz
|
q Vt/m-K
|
Gaz
|
q Vt/m-K
|
Vodorod
Geliy
|
0,176
0,142
|
Kislorod
Karbonat angidrid
|
0,024
0,014
|
Vodorodning issiqlik o`tkazuvchanligi yahshi bo`lgani uchun ba`zi sanoat agregatlarini suv bilan sovitish mumkin bo`lmagan hollarda, masalan, yirik turbogeneratorlarni sovutish uchun ishlatiladi.
Agar molekularning o`lchamlari qandaydir boshqa o`lchamlardan ma`lum bo`lsa, issiqlik o`tkazuvchanlikin ulchashdan q ning qiymatini aniqlash kerak. Molekulalar ulchamlarini, albatta, boshqa kuchish koeffisentlaridan hisoblash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |