MAVZU:MUSTAQIL O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BIRINCHI KONSTITUTSIYASI VA UNING UZIGA XOS JIHATLARI.
REJA:
1. BIRINCHI KONSTITUTSIYAMIZ YARATILISH TARIXI.
2. KONSTITUTSIYANING ASOSIY PRINSIPLARI.
3. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYATI.
Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Oliy Kengash qarori bilan 1990-yil 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov raisligida davlat arboblari, deputatlar, mutaxassislardan iborat 64 nafar a’zoni o‘zida jamlagan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va Konstitutsiya loyihasi ana shu komissiya tomonidan 2 yildan ortiq vaqt mobaynida tayyorlandi.
Birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishni ma’qulladi va 1992-yil 8-sentabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilishga qaror qildi. Ushbu yig‘ilishda loyihani oxiriga yetkazish va tahrir qilish uchun ishchi guruh tuzildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992-yil 26-sentabr kuni tayyor bo‘ldi va shu kuni matbuotda chop etildi. Konstitutsiya loyihasi o‘tkazilgan muokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida ancha tuzatildi va qayta ishlandi. So‘ngra, 1992-yil 21-noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda chop etildi. Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o‘zgarishlar, qo‘shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o‘zgartishlar kiritilgach, 1992-yil 8-dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e’tiboran, 8 dekabr – umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 ta moddadan iboratdir.