Reja: Bola huquqlariga oid xalqaro normalar klassifikatsiyasi



Yüklə 19 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü19 Kb.
#177129
  1   2
Bola huquqlari bo


Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar.
Reja: 1.Bola huquqlariga oid xalqaro normalar klassifikatsiyasi;
2.Bola huquqlariga oid universial xalqaro hujjatlar;
3.Bola huquqlariga oid xalqaro mintaqaviy hujjatlar tasnifi.
Dunyoning koʻplab mamlakatlari qatori mamlakatimizda ham 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanadi. Negaki, ushbu bayramning maqsadi – ulgʻayib kelayotgan yosh avlodning kelajakda maʼnan boy, jismonan sogʻlom va axloqan pok boʻlib voyaga yetkazishdir. Ularga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik esa yurt ravnaqi uchun qoʻyilayotgan mustahkam poydevordir.
Shu bois keyingi yillarda yurtimizda bolalarni ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik kodeksi, Mehnat va Jinoyat kodeksi hamda boshqa bir qator qonun hujjatlarida bolalar huquqlarini himoya qilishga oid normalar oʻz ifodasini topgan.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 29-maydagi “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ham bu borada muhim qadam boʻldi.
Qarorga muvofiq, Prezidentimizning 2019-yil 22-apreldagi tegishli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etildi. Eng muhimi, mazkur hujjat bilan Bola huquqlari boʻyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari aniq belgilab berildi.
Endilikda bolalar bilan bogʻliq barcha masalalar vakil ishtirokida amalga oshiriladi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari boʻyicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Qolaversa, aholi oʻrtasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari boʻyicha huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga koʻmaklashadi.
Shu bilan bir qatorda jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlaydi.
Qarorda belgilab qoʻyilganidek, Bola huquqlari boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda – Vakil) oʻz vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe boʻlmagan tarzda bajaradi.
Vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilishi mumkin emas.
Yana bir muhim yangilik – Vakilga oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun bir qator huquqlar berilmoqda. Xususan;
–Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi koʻrib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish;
–Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etish va sud tomonidan koʻrib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan oʻz nuqtayi nazarini bayon etish;
–qonunda nazarda tutilgan hollarda bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi arizalar va daʼvolar bilan sudlarga murojaat qilish;
–bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida qonunda belgilangan hollar va shakllarda shaxsan yoki oʻz vakili orqali ishtirok etish;
Shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar oʻrnatish, ularning aʼzoligiga kirish, shuningdek, boshqa davlatlar ombudsmanlari bilan hamkorlik qilish.
Qarorning yana bir muhim jihati shundan iboratki, unga koʻra Bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini monitoring qilish maqsadida Vakil huzurida Bola huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik kengashi (keyingi oʻrinlarda – Kengash) tashkil etilmoqda.
–bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
–bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
–bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash holati hamda Vakil faoliyati yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish Kengashning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda.
Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, bolaning begonasi boʻlmaydi, ularning hammasi oʻzimizning, Oʻzbekistonimizning bolalari. Ushbu qarorning asosiy maqsadi ham bola huquqlarining kafolatlarini taʼminlash va ushbu sohadagi xalqaro majburiyatlarni bajarishning taʼsirchan tizimini yaratishdan iborat. Zero, bola huquqlari — davlat himoyasidadir.
Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tug‘ilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 
Yüklə 19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin