Reja: Bolalarni dialogik nutqqa о ‘rgatish muammolari


Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari



Yüklə 37,53 Kb.
səhifə4/7
tarix24.05.2023
ölçüsü37,53 Kb.
#121408
1   2   3   4   5   6   7
Bolalarni dialogik nutqqa òrgatish metodlari

Bola hayotining uchinchi yilida nutqiy rivojlantirish vazifalari.
Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va
undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol dialogga kirishish, kattalaming
savollariga va takliflariga javob berish, o‘z istak-xohishlarini,
hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib
fikr bildirishga intilishini qo‘Ilab-quvvatIash; tengdoshlari ishlariga
qiziqishini, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashini,
o‘yin harakatlarini, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan
ifodalashga qiziqishini rag‘batlantirish; shaxsiy tajribadan kelib
chiqqan holda bolaning o‘ziga yaqin mavzular bo‘yicha, hayvonlar
hayoti, transport (shahar) haqida vaziyatdan tashqari dialog qilishga
undash. Bolalami buyumlar, ularning harakati va sifatini belgilash
uchun so‘zlardan foydalanishga undash.
Xulosa:
Lug‘atni so‘zlar bilan - kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyimboshlar,
mebellar, uy hayvonlari va ulaming bolalari, o‘yinchoqlaming
nomlari bilan, buyumlar qismlarining nomlari (ko‘ylak yengi va yoqasi;
mashina kuzovi va g‘ildiraklari) bilan boyitib borish. 0 ‘yinlarda
bolalarga harakatlaming so‘zdagi ifodasini o‘z ifoda harakatlari va
o‘yinchoqlar harakatlari bilan taqqoslashni o‘rgatish.
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik
to‘g‘riIigini o‘stirish. Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki
nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning
ijtimo у va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi
hisoblaiadi. Dialogik dialog nafaqat aloqa (intellektual mazmun)
va o‘z macfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtayi nazarini,
uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda
tutadi. Bolalar bunday tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalikda
yasash, chizish, jamoa o‘yinlarini o‘ynash) natijasida to‘playdilar.
Tengdoshlari bilan dialog qilishda bola nutqi mazmundorlikka (dialog
vaziyatidan qat’i nazar) dalolatdir.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalaming dialogik negizida
nutqning yangi shakli - monolog tug‘iladi va shakllanadi. U bolaning
o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini
o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya
shakliga ega bo‘ladi. Hikoyada, albatta, bolani lol qoldirgan va uni
hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa (tabiat qo‘ynidagi qiziqarli
uchrashuv, ukasining kulgili harakatlari va h.k.) aks etadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar tanish ertaklami, multfilmlar mazmunini aytib
berishni, o‘qiganlarini so'zlab berishni xush ko‘radilar.
Maktabgacha yoshdagi katta bolalaming eng muhim yutug‘i -
jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til
125
faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir. So‘zga nisbatan
lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun bilan
o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning
jarangdorligi va mazmunida ko‘rinadi. Til voqeligini anglash
uning barcha tomonlarini - fonetik, leksik, grammatik tomonlarini
qamrab oladi. So‘zga nisbatan ongli munosabat lug‘atni takomillashtirishga
(antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlami tushunish),
nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi,
tinglash qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik
to‘g‘riligini shakllantirishga (morfologiya, so‘z yasash, sintaksis),
ravon nutqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Lug‘atni rivojlantirishda uning sifat jihatidan takomillashtirilishi
oldingi o‘ringa chiqadi. Bu antonimiya (o‘tkir-o‘tmas, achchiqchuchuk),
sinonimiya (o‘tkir, uchkir, charxlangan), ko‘p ma’nolilik
(o‘tkir pichoq, achchiq qalampir, o‘tkir til) kabi hodisalami tushunish
va ulardan nutqda faol foydalanishga taalluqlidir. Bolalar tabiat hodisalari,
narsalar, insonlaming xatti-harakatlarini taqqoslashda turlicha va
umumiy xususiyatlami ajratishhi hamda aksil va yaqin ma’noli so‘zlar,
qiyoslashlar, aniq fe’llar, o‘xsiiatishlar yordamida ularni nutqqa olib
kirishni o‘rganadilar. So‘z yasashda sinonim yoki antonimni tanlab
olish usullari bolalarni ko‘p ma’noli so‘zlar bilan tanishtiradi. Buyumlar
funksiyalarini taqqoslash asosida umumlashtiruvchi nomlar shakllanadi
(hayvonlar, idish-tovoqlar, transport va h.k.).
Maktabgacha davrdagi katta yoshda nutqning grammatik jihatdan
to‘g‘riligini shakllantirish nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatning
paydo bo‘lganligi va rivojlanganligi, aniq va to‘g‘ri gapirishga intilish
bilan bog‘liqdir. To‘g‘rilikka intilish grammatikaning barcha sohalarida,
ya’ni - morfologiyada (shaklning aniq shakllanishida, ko‘p turdagi
shakllami o‘zlashtirishda), so‘z yasashda (non uchun - nondon, tuz
uchun - tuzdon), sintaksisda (og‘zaki nutq tuzilmasini bartaraf etish:
≪va≫ bog‘lovchisini ko‘p marta qo‘llash orqali gapni ≪cho‘zish≫
hamda bir gapda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita nutqni aralashtirib yuborish)
paydo bo‘la boshlaydi. Nutqning grammatik to‘g‘riligiga intilish
bola hayotining yettinchi yilida ro‘y beradi. Besh yoshli bola
hali ham ishtiyoq bilan grammatik shakllami o‘ynaydi va aynan so‘z
126
bilan amalga oshirilayotgan ana shu sinovgina nutqning grammatik
to‘g‘riligini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.
Lug‘atni rivojlantirish, nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash,
grammatik to‘g‘rilikni shakllantirish ravon nutq tuzish usullarini
o'zlashtirish (bog‘lovchilar, o‘rin-hol, leksik takrorlashlar, sinonimlar
yordamida gaplami bog1 lash vositalari; tavsiflash, bayon qilish
tuzilmasi) bilan uzviy bog‘liqdir. Ko‘p turdagi vazifalami bajarish
munosabati bilan dialogik nutq negizida rivojlangani holda nutqning
barcha jihatlari tilni anglashni shakllantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liq holda bo‘ladi hamda buning uchun bolaning katta bilan
muayyan shakldagi dialog turiga muhtoj bo‘ladi. Bu nafaqat tashqi
dunyo va boshqa odamni anglashga, balki tilning o‘zini, uning tuzilishi
va faoliyat yuritishni anglashga ham yo‘naltirilgandir.
Nutqiy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari kirishuvchanlik
ko‘rinishlarida hamda ayni paytda til va ravon nutqni egallash
sur’atida ifodalanadi. Ko‘pchilik bolalar o‘z harakatlarini sharhlashni,
atrofdagilar e’tiborini o‘ziga jalb qilishni xush ko‘radi!ar. Bunda
ayrim bolalarda nutqiy dialog amaliy faoliyat bilan zid keladi va
buning natijasida bunday ko‘p gapiruvchi bolakay ish bajarishda guruhdagi
boshqa bolalardan ortda qola boshlaydi. Unchalik kirishimli
bo‘lmagan bolalar ham so‘zlaydilar, lekin odatda ular amaliy vazifalami
tez va to‘g‘ri hal etadilar.
Ravon nutqning paydo bo‘lish muddati va mahsuldorligi ham farq
qilishi mumkin. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda maxsus tayyorgarliksiz
hikoya qilib berish 4—5 yoshdan boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklarni,
bo‘lgan voqealami bir-birlariga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan
foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti
yoshida tanish an’anaviy ertakni (≪Zumrad va Qimmat≫) mustaqil
hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, suratlar asosida kichik og‘zaki
insho to‘qiy olsa - bu hammasi me’yoridaligidan dalolatdir.
Bolalaming o‘z tashabbusiga ko‘ra, yoki kattalaming taklifiga
ko‘ra hikoya qilib berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, ertaklar,
suratlar va o‘z shaxsiy tajribasiga oid taassurotlaming so‘zdagi
mazmunini qisqa hikoya, mulohaza, tavsiflar yordamida ifodalashni
o‘rgatish ravon nutqning paydo bo‘lish omilidir.
127
Dabdurustdan tug‘ilgan so‘z ijodkorligida, tovushlar va qofiyalar
bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda, so‘zlar bilan amalga oshiriladigan
sinovlarda, ulaming jarangdorligi va ahamiyati, so'zlar mazmunini
talqin qilishda ko‘zga tashlanadigan so‘zlarga qiziqishni qo‘llab-quvvatlash.
Til voqeligini eng oddiy anglashni rivojlantirish, bolalarni
≪tovush≫, ≪so‘z≫, ≪gap≫ atamalari bilan tanishtirish.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish
mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib
bola hayotining eng muhim davrlaridan biri - uning birinchi ≪dorilfununi
≫ nihoyasiga yetadi. Ammo haqiqiy dorilfunun talabasidan
farqli ravishda bola birdaniga barcha fakultetlarda ta’lim oladi. U
jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida),
matematikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdek, eng oddiy notiqlik
kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni
o‘rganadi. Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy
adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga
qayg‘urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy
shakllarim his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi.
Bola kich к tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlami to‘g‘ri
talaffuz qi 'ish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gaplar
qaysi so‘z;ardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bulaming
barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama
kamol toptirish uchun zarurdir.

Yüklə 37,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin