Reja: Bolani shakllantiruvchi uch omil



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə13/15
tarix14.04.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#98172
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Reja Bolani shakllantiruvchi uch omil





Mavzu: Muskullar faoliyati va bolaning jismoniy imkoniyatlari



Reja:

1.Muskul sistemasi

2.Muskullar fiziologiyasi



















Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.
Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.
Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.
Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.


Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.


Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin