Rahbarlar va mutaxassislar mehnatining mazmuni va ish vaqti xarajatlarining tuzilishini oʻrganish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin - anketali va ogʻzaki soʻrovlar, u xodimning uning mehnati qanchalik ratsional tashkil qilinganligi haqidagi fikrini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi: xodimning nuqtai nazaridan uning vazifasi aniq belgilab berilganmi, unga oʻz vazifasiga kirmagan ishlarni bajarishga toʻgʻri kelganmi (qanday va qancha vaqtda), uning ishi rejalashtiriladimi va rejadan tashqari ishlarning salmogʻi qanday, ish vaqtini yoʻqotilishlari bormi (ularning miqdori, sabablari), ishda mexanizatsiya va tashkiliy texnikaning vositalari qoʻllaniladimi (ulardan foydalanish), xodimni uning ish joyini tashkil qilinishi va mehnat sharoitlari qanoatlan- tiradimi va , nihoyat, xodimda mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar bormi;
- ish vaqtining suratini olish, u kuzatishlarining rejalashtiril-gan davri davomida uning xarajatlarining tuzimini belgilash uchun qoʻllaniladi. Bunda ish vaqti sarflanishini oʻrganish vaqtning barcha istisnosiz sarflanishini ularning
haqiqiy izchilligi tartibda kuzatish va oʻlchash yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ish vaqtini suratga olish maxsus ajratilgan shaxs tomonidan oʻtkaziladi,u yoppasiga (ya’ni , butun ish kuni davomida) yoki tanlovli boʻlishi mumkin. Keyingi holda ish vaqtini alohida vazifalar (ish turlari) boʻyicha, shu jumladan takrorlanuvchilarn, hamda ishning alohida davralari (davrlari) boʻyicha oʻrganiladi;
- ish vaqtini oʻzini oʻzi suratga olishda ish vaqtini sarflanishini hisobga olish bevosita MITQ xizmatlari rahbarligi ostida ishlovchilar tomonidan amalga oshiriladi. U oʻzini oʻzi suratga olishning maxsus varaqchalari yordamida olib boriladi, unda barcha bajariladigan ishlar yoki soatning ma’lum qismini tashkil qiluvchi qayd etilgan oraliqlardagi tanaffuslar roʻyxatga olinadi;
Xodim ish joyida yoʻq boʻlganda kuzatuvchi uni yoʻq boʻlganligi sabablari haqidagi ma’lumotlarini qayd daftarda qilingan yozuvi boʻyicha olishi mumkin.
Mehnatning mazmuni va vaqtni sarflanishi tuzilishini oʻrganishning har bir usulini ma’lum sharoitlar uchun qoʻllash mumkin, u tegishli afzalliklar va kamchiliklarga ega .
Teranlik darajasidagi qadriyatlar, shaxsiyat va ishdagi afzaliklar juda xam muxim boʻlib qoladi. Juda xam chuqur darajadagi bunday farqlar, tashkiliy ishlar, ragʻbatlantirish, muomalada boʻlish, liderlarga oʻz munosabatini bildirish, muzokaralar olib borish va umuman, ishda oʻzini qanday tutishga odamlar e’tibor bilan ta’sir koʻrsatishayotganining koʻrish mumkin
Ish vaqtini oʻzini oʻzi suratga olish (mehnat ele- mentlarining roʻyxatisiz)
Ishni tashkil qilishning boshlangʻich oʻrganishida. Mehnatning mazmuni va ish vaqti sarflanishini bir vaqtda oʻrganishda.
Anketa surovlari ele- mentlariga ega tadqi- qotlarning kichik koʻlamlarida
Tejamli
Ma’lumotlarni guruhlarga ajratish va
ishlab chiqishdagi mu- rakkablik. Natijalarning etarlicha aniq emasligi. Xodimning aybi boʻyicha ish vaqtini yoʻqotilishini toʻliq aniqlamaydi
Ish vaqtini oʻzini oʻzi suratga olish (mehnat elementla- rining roʻyxati bilan ish vaqtini suratga olish)
Mehnatning mazmunini oldindan oʻrganish sharoitlarida.
Tadqiqotlarning kattaroq koʻlamlarida. Mehnatning mazmunini oldindan oʻrganish sharoitlarida
Koʻp mehnat talab qilmaydi, tejamli ma’lumotlarni ishlab chiqishda qulay.
Natijalarning oʻzini oʻzi suratga olishga qara- ganda kattaroq aniqligi
Boshqa usullar bilan olingan ma’lumotlarni nazorat qilish uchun foydalanish
mumkin
Natijalarning yetarlicha aniq emasligi.
Xodimning aybi boʻyicha ish vaqtini yoʻqotilishini toʻliq aniqlamaydi.
Tejamli emas, oʻtkazish koʻp mehnat talab qiladi, xodimlarga qoniqarsiz ta’sir koʻrsatadi