Reja: Boshqaruv mehnati: ta’rifi, xususiyatlari, turlari



Yüklə 40,73 Kb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü40,73 Kb.
#204224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Boshqaruv mehnatini tashkil etish

Inson oʻz mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida

Inson oʻz mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida

- ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan — ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon boʻladi.

- Ijtimoiy-iqtisodiy turmushda mehnat tushunchasi bilan bir qatorda ish tushunchasidan ham keng foydalaniladi.

Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob’ektiv natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma’lum bir qarshilikni engish uchun sarflanayotgan energiya miqdori bilan oʻlchanadi.

  • Ish deganda tabiat va inson tomonidan birlashgan xarakterlarining ob’ektiv natijasi tushuniladi. Mexanik tarzda bu natija ma’lum bir qarshilikni engish uchun sarflanayotgan energiya miqdori bilan oʻlchanadi.
  • Mehnat va ishning miqdori sarflangan vaqt — energiya bilan oʻlchansada, ularni bir-biri bilan toʻgʻridan toʻgʻri tenglashtirish mumkin emas.
  • Mehnat insonning aqliy-fiznologik faoliyati boʻlib, unga toʻgʻri keladigan ish bu jarayonning ob’ektiv natijasi hisoblanadn. Biror mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat va ish miqdorini bir xil oʻlchovda, ya’ni kilogrammometrda aniqlanganda ishning miqdori mehnat sarfining bir qisminigina, yoki aniqroq qilib ayotganda 20 — 30 % ini, ayrim hollarda esa undan ham ancha kam miqdorini tashkil etishi mumkin. Bajarilgan ishning miqdorini, jamiyat a’zolari tomonidan mehnatning sarflangan miqdoriga tenglashtirish yoki bir xil oʻlchovda oʻlchash ham notoʻgʻri boʻladi. Faoliyag jarayonida mexanik harakatlar qilinib katta hajmdagi ish mikdori bajarilishi mumkin, lekin bu faoliyat inson mehnatining mahsuli boʻlganligi uchun mehnatga nisbatan tor va chegaralangan faoliyatdir. Mehnat va ish tushunchasi bir-biri bilan solishtirilganda, ish mehnatning mahsuli degan xulosaga kelamiz. Shu bois uning son va sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish mumkin

Hatto mehnat va ish soʻzlari ingliz tilida ham oʻz mazmuni bilan har xil ma’noni bildiradi. Masalan, ish soʻzi (inglizcha “work”) kishining intilishi va harakati ma’nosini emas, balki muayyan natija sifatida tushuniladi. Mehnat deyilganda esa (inglizcha “Job”) konkret natijadan qatiy nazar insonning xarakati, intilishi va energiya sarflashi kabi faoliyatlari tushuniladi.Inson kuch-quvvatining sarflanish darajasi faoliyat turiga va ishlatiladigan mehnat vositalariga bogʻliq boʻladi. Shunday qilib, agar mehnat jarayonini tasvirlaydigan boʻlsak, u uchta asosiy tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi:
- xomashyo materiali (mehnat predmetlari);
- mehnat vositalari;
- jonli mehnat sarflari
Mehnat jarayonida inson mehnat faoliyatidan koʻzda tutilgan maqsadga erishish uchun mehnat vositalari yordamida mehnat predmetidan foydalanib, jonli mehnat sarfi bilan oʻzaro muloqotga kirishadi va bu bilan hayot uchun zarur boʻlgan yangi mahsulot yaratadi. Bunday mahsulotni ishlab chiqarish jarayonining barcha uch jihati: xomashyo va materiallar, mehnat vositalari, qurollari va jonli mehnat sarflari birlashib mehnat mahsuloti yaratadi.
Mehnat ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik, aqliy-hissiy, fizikaviy-kimyoviy, biologik va boshqa qonuniy hodisalarning uygʻunlashuvi natijasi — majmui jarayonidir.
Mehnat predmetlariga yer osti qazilmalari, tabiiy va sun’iy xomashyo va materiallar, yarim fabrikatlar va komplektlashtiriladigan jihozlar, energiyaviy, moddiy va axborot oqimlari kiradi. Ishchi kuchi mehnat predmetlarini mehnat vositalari orqali oʻzgartiradi.
Mehnat vositalariga mashinalar, uskuna va qurilmalar; ish qurollari va boshqa texnologik ishlanma turlari; dasturiy-ta’minot vositalari; ish joyining tashkiliy ta’minoti va boshqalar kiradi.
Mehnat - boylik manbaidir. U inson faoliyatining birinchi va zarur sharti hisoblanadi. Inson va jamiyat taraqqiyotining tarixi bu jarayonda mehnatning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Odamlar atrofdagi tabiatni oʻzgartirar ekanlar, umrining oʻzgarib borayotgan ehtiyojlari ta’sirida oʻz tabiatlarini ham oʻzgartiradilar: bilimlarini boyitib, qobiliyatlarini rivojlantiradilar va yangi koʻnikmalar hosil qiladilar,
Mehnat turlarining guruh belgilari boʻyicha tasnifi
Mehnat faoliyatining asoslari
2-reja: Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish.
Mehnat jamoasini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin:
evristik
ma’muriy
operatorli

Yüklə 40,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin