Mavzu: Biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi bozor infratuzilmalari
Reja:
Bozor infratuzilmasi nazariyasining shakllanishi va Q‘zbekistondagi uning asosiy jihatlari
Bozor infratuzilmasini turkumlashga zamonaviy yondashuvlar
Bozor infratuzilmasi faoliyatining shart-sharoitlari, shakllari va usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
1)Bozor infratuzilmasi nazariyasining shakllanishi va Q‘zbekistondagi uning asosiy jihatlari.
Infratuzilma to‘g‘risida so‘z borganda, awalo shuni ta’kidlash lozimki, u qandaydir mahsulotni ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi, balki faqat uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlami yaratib beradi. Iqtisodiyotning infratuzilmaga oid unsurlari iqtisodiyot tomonidan infratuzilmaning zimmasiga yuklatilgan o‘ziga xos vazifalarning hosilasi hisoblanadi. Bu vazifalar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib hamda asosiy ishlab chiqarish vazifalaridan tobora alohidalashib boradi. Shunga ko‘ra, infratuzilmaning mohiyatini aniqlashda uning dastlabki belgisi boiib ishlab chiqarishni zarur shart-sharoit bilan ta’minlashdan iborat boigan vazifasi maydonga tushmogi lozim. Zero, mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Infrastruktura kompleksi - iqtisodiyotimizning butun strukturasi tayanadigan poydevordir. Respubiika butun xalq xo‘jalik kompleksi ishining uyg‘unligi, uning samaradorligi, shuningdek, chet el sarmoyalarini jalb qilish va o‘zlashtirish imkoniyati butunlay infrastruktura tizimi rivojining holatiga va darajasiga bog’liqdir”. 0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishi 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tgan ilk yillaridayoq namoyon boiaboshladi va uning samarali amal qilishini ta’minlash bo'yicha Prezidentimiz asarlarida va ma’ruzalarida juda ko‘p marta alohida e’tibor qaratilishi lozim boigan muhim ustuvor vazifalar sirasiga kiritilgan. A.Bekmurodov va boshqa mualliflarning “Ommabop iqtisodiyot: mohiyati va asosiy tushunchalari” nomli o‘quv Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. « 0 ‘zbekiston», qo‘llanmasida infratuzilmaning mazmuniga “Bozor infratuzilmasi - bu tovar va xizmatlar harakatini vositalovchi tashkiliy-huquqiy shakllar yig‘indisi” deb ta’rif berilgan. Shu bilan birga ushbu qo'llanmada infratuzilma mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan, uning belgi va mezonlarini tavsiflovchi boshqa tushunchalarga ham ta’rif berilgan. Jumladan, “Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi - bu alohida bozorlar doirasida harakatlanuvchi va ularning me’yoriy tartibda amal qilishini ta’minlash bo‘yicha ma’lum vazifalami bajaruvchi o‘zaro bog‘liq ixtisoslashtirilgan institutlar yig‘indisi. Bozor infratuzilmasi institutlari - bozor munosabatlari amal qiiishi, barcha bozor faoliyati turlarining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlovchi korxonalaryig‘indisi”.Buyerdabozor infratuzilmasini yoritishga asosan bozor iqtisodiyoti subyektlari nuqtayi nazaridan yondashilgan. R.Ioximsen infratuzilmani xo‘jalik faoliyati darajasini oshiruvchi, hududlarda xo‘jalik birligini tashkil etishga imkoniyat yaratuvchi, bir xildasarf qilgan xarajatlariga oladigan daromadlarini tenglashtiruvchi moddiy, shaxsiy va institutsional faoliyat turlari va ular tashkilotlarining yig'indisi sifatida talqin qiladi. Yana shunday nuqtayi nazar ham mavjudki, unga ko‘ra infratuzilma qulay faoliyat maydonini ta’minlashga qaratilgan sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli amal qiiishi uchun zarur moddiy-texnikaviy sharoitlami ta’minlovchi obyekt va inshootlaming yig‘indisi sifatidagi jam g‘arilgan moddiy boylikni tashkil etadi. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi juda ko‘plab omil va xususiyatlarni, jumladan, respublikamizning geosiyosiy va geostrategik holati; mineralxomashyo resurslarining mavjudligi va tabiiy-iqlimiy sharoitlar; demografik ahvol; aholi an’analari, odatlari, hayottarzi, mentaliteti; iqtisodiy tizimni bosqichma-bosqich isloh qilish; davlatning faol belgilovchi roli; islohotlargaqadardavrdagi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi nomuvofiqliklar; kuchli ijtimoiy siyosat zarurligi kabilarni e’tiborga olgan holda amalga oshirilmoqda. Shubilan birga bozor mexanizmlarining samarali amal qilishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni, shu jumladan, bozor infratuzilmasining tolaqonli faoliyatini ta’minlash davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylangan. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Keng tarmoqli bozor infratuzilmasi - fond va ulgurji bozorlar, birjalar, kredit va moliya muassasalari, lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilishi lozim bo‘lgan boshqa tuzilmalar tom ma’noda shakllantirilmas ekan, ular to‘la kuch bilan ishlamas ekan, iqtisodiyotimizni ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz” . Bozor infratuzilmasining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bunday xususiyatlardan biri boMib bozor infratuzilmasining samarali amal qilishini ta’minlashda davlatning alohida rolining zarurligi hisoblanadi. Chunki, bunday zaruriyat quyidagi holatlar bilan izohlanadi: - infratuzilma sohasidagi talab va taklifni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmining samarali amal qilmasligi; - infratuzilma obyektlari xizmatiga bo‘lgan narxlar bo‘yicha talabning elastik emasligi; - infratuzilma xizmatlari bozorining notekis tarkibiy tuzilishi natijasida bozordagi muvozanatga erishishda davlat tomonidan aralashuvning zarurligi; - infratuzilma sohasi faoliyatining rivojlanishi asosiy tarmoqning rivojlanish darajasiga bog’liqligi va boshqalar. Shunga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda bozor iqtisodiyotigao‘tishning birinchi bosqichidayoq iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; narxni bosqichma-bosqich erkinlashtirish; moliya-kredit islohotini o‘tkazish; intisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish; Karimov I.A. «O ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» ijtimoiy himoya qilish bilan bir qatorda bozor infratuzilmasini yaratish ham muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi. Bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida davlat tomonidan quyidagi chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutildi: - bozor subyektlari o‘rtasidagi bevosita xo‘jalik aloqalarini liar tomonlama rivojlantirish; - bozorning mavjud turlami rivojlantirib, yangilarini vujudga keltirish; - iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirishga ko‘maklashuvchi idoralami barpo etish; - bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlami tayyorlash. Mamlakatimizda bozor infratuzilmasi rivojlanishining xususiyatlaridan yana biri - bu uning alohida holda emas, balki iqtisodiyotda olib borilayotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq holda olib borilishidir. Jumladan, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirishda davlat mulkini baholash, uni sotishga tayyorlash va sotish, yangi mulk egasiga berish, mulk egalari o'rtasidagi bitimlami ro'yxatga olish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishda salohiyatli mulk egalarini aniqlash, ularni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash kabi vazifalami bajarish maqsadida ko‘plab infratuzilma unsurlari barpo etildi. Shuningdek, iqtisodiyotning barcha sohalari, ayniqsa bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi bank-kredit, sug'urta tizimlari faoliyatining erkinlashtirilishi ham yangi tashkiliy tuzilmalaming shakllantirilishiga imkon yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal sur'atlar bilan rivojlantirish, o‘rta mulkdorlar sinfini qaror toptirishga bo'lgan e’tibor tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga, ulaming ish samarasini oshirishga ixtisoslashgan ko‘plab tuzilmalaming vujudga kelishiga olib keldi. Bozor infratuzilmasini yaratish uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, uning tarkibidagi tuzilmalami barpo etish uchun ulaming iqtisodiy tabiatidan kelib chiqqan holda alohida yondashuv zarur bo‘lib, bu boradagi tadbirlar bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirib borilishi lozim. Shunga ko‘ra, yurtboshimiz I.A.Karimov, awalambor, bozor sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o ‘rtasida o ‘zaro munosabatlami ta’minlaydigan muhit yaratish zarurligini ta’kidlagan holda bozor infratuzilmasini yaratish birinchi darajali vazifalardan ekanligini ko‘rsatib berdi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo'lgan iqtisodiy munosabatlar mexanizmini bozor munosabatlari mexanizmi bilan almashtirish va shu asosda ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar manfaatlari mushtarakligini ta’minlash, buning uchun «bevosita xo'jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, ishchi kuchi va boshqa bozorlarni shakllantirish borasidagi chora-tadbirlami amalga oshirish, bozor infrastrukturasini vujudga keltirish, bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlar tayyorlash» zarur.