Bozor infratuzilmasi faoliyatining shart-sharoitlari, shakllari va usullari
Umuman iqtisodiyotda har bir nazariy va amaliy fanning rivojlanishi va fan sifatida shakllanishining zaruriy shart-sharoitlari mavjud bo‘lib, bozor infratuzilmasi nazariyasi fani ham iqtisodiy rivojlanish muhim bosqichlarining sharti hisoblanadi. Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani hozirgi kunga kelib iqtisodiyotda tashkil topayotgan turli mulkchilik shakllari, xo'jalik yurituvchi subyektlarning majudligi bilan bog‘liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot ma’lum bir tomonlarining uzviy bog'liqligi, ular o'rtasidagi munosabatlarning yuqori integratsiyalashganligi hamda ma’lum biznes birliklarining yangitdan vujudga kelishi bilan amal qiladigan faoliyat turlarini tartibga solish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shunday ekan, bozor infratuzilmasining real hayotda mavjud boiishi ularning amaliyot bilan bogianganligini ko‘rsatib beradi. Shu nuqtavi nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, bozordagi har bir ishtirokchi o'zining infratuzimasiga ega bo‘lishi va ularning faoliyatiga ehtiyoj sezishi, ular faoliyatining samaradorligini oshirish bilan bog‘liq iqtisodiy qarashlar majmuasining shakllanishi o ‘z navbatida yangi g'oyalarni va yangi fanlarning obyektiga aylanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir fanning amaliyotda asosi bo'lgani kabi, bozor infratuzilmasi nazariyasi fanining ham amaliyotda o'ziga yarasha o'rganilshni talab etuvchi amaliy koiinishlari mavjud. Shuning uchun hozirgi kunda bozor infratuzilmasi nazariyasi fani yangi fan sifatida shakllanib kelmoqda.
Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani bozor iqtisodiyoti sharoitida bozor uchun hamda iqtisodiyotning subyektlari 87 uchun o'zaro iqtisodiy munosabatlaming qulayligini ta'minlash maqsadida rivojlantirishni talab etadi. Misol uchun, yangi vujudga kelgan har bir bozor infratuzilmasi uning takomiilashtirilishini va yangi bosqichga o'tishini taqozo etadi.
Bu esa o'z navbatida yangi nazariy bilimlarni jamlanishini va amaliyotga qo‘ilanilishidagi savodxonlikni talab qiladi. Iqtisodiyotning tahlil qilinuvchi asosiy bosqichlari mavjud bo'lib, ular ishlab chiqarish jarayoni, ayirboshlash jarayoni, taqsimlash jarayoni va iste'mol qilish jarayonlaridir. Bu jarayonlarning har biri ko'plab fanlarning o'rganish obyektiga aylangan.
Iqtisodiyotning turlari, darajalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar ularning hammasi bir maqsadga bo‘ysingan: u ham bo'lsa insoniyatning yaxshi yashashi, ko'payishi va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratish, turli xil hayotiy vositalarni yaratib berish va pirovardida ularning ehtiyojlarini maksimal qondirishdan iborat. Shulardan biri ayriboshlash jarayoni biz o‘rganayotgan faning asosiy qismiga to‘g ‘ri keladi. Ayirboshlash jarayonining iqtisodiyotdagi o'rtii beqiyosdir.
Bu jarayonga tarixdan juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Birgina Buyuk ipak yo'li misolida ko'rishimiz mumkin. Buyuk ipak yo‘li nafaqat insonlarning ehtiyojlarini qondirish, ularga boshqa уurtlarda ishlab chiqarilgan noz-nermatlarni yetkazib berish, balki, jamiyat va taraqqiyotning rivojlanishi uchun muhim infratuzilma vazifasini olagan.
Iqtisodiyotda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida subyektlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib berishga xizmat qiluvchi qismi, infratuzilmasi o ‘zining bir necha usullari bilan amal qiladi.
1) to'g'ridan-to‘g ‘ri;
2) axborot berish;
3) yetkazib berish;
4) aralash.
Bozor infratuzilmalari to‘g'ridan to'g'ri usulda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga soti 1 ishini ta’minlaydi. Bu yerda ular tayyor mahsulot va xizmatlar bilan operatsivalarni amalga oshiradilar. Shuningdek, ular ikkinchi vositachilar (ulgurji savdogar va vositachilar) xizmatlarini ham shakllantirishga erishadilar.
Axborot berish usuli orqali infratuzilma subyektlari ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib berilishida o‘zining axborot berish ko'rinishidagi vazifalarini bajaradi va iste’molchilarga qulaylik yaratadi. Bu yerda ular axborot kommunikatsiya, maslahat beruvchi konsalting xizmatlari ko‘rsatilishi va ishchi kuchini bo‘sh ish o ‘rinlari bilan to’ldirish imkoniyatlariga ega bo‘ ladilar. Ushbu usulda tovar va xizmatlarning tegishli turi va xususiyatlari haqida iste’molchilar m aium ot olish imkoniyatiga ega boMadilar. Navbatdagi usul bu yetkazib berish usuli bo‘!ib, bu yerda bozor ishtirokehilari amalga oshirilgan savdolarini iste’molchiga yetkazish uchun qulaylik yaratadilar.
Bunda hozirgi kundarivojlanib borayotgan yuqori texnologiyalar sharoitida yaratiigan yangi dasturiy va axborot ko'rinishidagi m a’lumotlarni (mahsulotlarni) internet tarmog‘i orqali olish va iste’mol qilinishini alohida e ’tirof etish kerak. Misol uchun "1-C buxgalteriya” dasturlari, antivirus dasturlari va boshqalar. Bozor infratuzilmasining ayrim ishtirokehilari hozirgi kunda ishlab chiqarishni modemizatsiya va diversifikatsiyalash strategiyalaridan kelib chiqib ishlab chiqrilgan mahsulotlarni va ko‘rsatiladigan xizmatlarni iste'molchilarga yetkazib berishda aralash usuldan foydalanishmoqda. Bu yerda ta’kidlash lozimki, ishlab chiqruvchilar ishlab chiqargan mahsulotlarini va ko'rsatayotgan 90 xizmatlarini iste'molchiga yetib borishida bevosita yetib borishini kompleks tashkil qilishga erishmoqdalar. Shu bilan birga, bu usulning o'ziga xos xususiyati shundaki, bu infratuzilmalar faoliyati jarayonlarida davlat idoralarining ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
Ya'ni ushbu jarayonlarda o‘z navbatida davlatning ham o‘z ulushi va rasmiylashtirish vazifalari, qisqa qilib aytganda davlat manfaatlarining ro'yobga chiqarilishi nazarda tutiladi. Bunda davlat idoralari va qonunchiligi bilan ushbu jarayonlarning ishlab chiqaruvchilar, iste'molchilar va davlat manfaatlarining uyg'unligini ta'minlashga erishadilar. Bu bilan esa iqtisodiyotning me'yorda rivojlanishi, yangi tartib qoidalarning ishlab chiqilishi va insonlarning yashashi va kamol topishi uchun qulayliklar yaratiladi.
Xulosa Har qanday fanning amaliyotga tatbiq etilishi darajasi ushbu taning rivojlanganlik darajasini belgilab beradi. Bozor infratuzilmasi nazariyasi fani nazariy fan hisoblanib, uning asosiy natijalari va ilmiy xulosalari bozordagi infratuzilmani shakllantiruvchi subyektlarning harakatlarida namoyon bo'ladi. Ularning natijalarini baholash va sifatini oshirish uchun fanning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, ilmiy xulosalar yaratish va amaliyotning har bir qadamini tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Bozor infratuzilmasi ishtirokchilari harakatlarini doimiy kuzatish asosida xulosalar chiqarish va ularni amaliyotga tatbiq etishni bir necha shakllarda amalga oshirish mumkin. Uning uchun bozordagi har bir ishtirokchining iqtisodiy aloqalarida mavjud muammolarini o ‘rganish talab etiladi.
Bu shakllarni quydagilar orqali ifodalash mumkin: — davlat tomonidan yaratiladigan sharoitlar; — yangi iqtisodiy ishtirokchilarning paydo bo'lishi. Davlat tomonidan yaratiladigan sharoitlar 2 xil usulda amalga oshiriladi. Bular to‘g ‘ridan to‘g‘ri (bevosita), ya’ni infratuzilmaning shakllanishigaqonunchi i ikasosidasharoit yaratish.
Bunda mamlakat hukumati tomonidan bozordagi sharoitlar va ishtirokehilarning munosabatlarini davlat va iqtisodiy subyektlar manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqib qonuniylashtiradi va ularga sharoitlar yaratiladi. O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tilgandan so'ng juda ko'plab bunday infratuzilmalar yaratildi. Misol qilib aytish mumkinki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkchilikning bo'Iishini talab etdi va unda yirik davlat korxonalarini xususiylashtirish jaray oni boshlandi.
Bu esa quyidagi to'rt xil usulda amalga oshirildi:
1) davlat mulkini aksiyalar orqali korxonada ishlovchilarga taqsimlab berish;
2) korxona aksiyalarini fond bozorida sotish;
3) aksiyalar chiqarilib, davlat ixtiyorida ushlab qolish;
4) chet ellik hamkorlarga aksiyalarini sotish.
Bu jarayonda albatta fond bozorlarini tashkil etish va ular faoliyatini qonimiylashtirish zaruriy sharoit edi. Ushbu jarayonlar doimiy muvoliqlashtirilib va takomillashtirilib boriluvchi jarayon hisoblanib,O‘zbekistonda jahon tajribasidan foydalanib, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, doimiy zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirilib borilmoqda.