Iqtisodiyotga ta‘sirining intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonoviy bozor iqtisodiyotining modellari bir-biridan farq qiladi.
Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari Bozor tushunchasi bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. “Bozor” va “bozor iqtisodiyoti” tushunchalari bir-biridan farq qiladi.
Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyotiga shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi atijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi.