Reja: Bozor konyunkturasi haqida tushuncha, bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari



Yüklə 31,7 Kb.
səhifə1/6
tarix20.05.2023
ölçüsü31,7 Kb.
#118274
  1   2   3   4   5   6
bozor konyukturasini tadqiq etish Ozoda Do\'squlova atrabotka


Mavzu: Bozor konyukturasini tadqiq etish
va iste’molchilarni o’rganish
reja:
1. Bozor konyunkturasi haqida tushuncha, bozor konyunkturasi holati va kelgusida rivojlanish ko’rsatkichlari hamda baholash uslublari.
2. Konyunkturani shakllantiruvchi omillar va bozor konyuntkurasi tahlili.
3. Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari

Bozor nima? Bozor - iste’molchi va sotuvchilarning xohish va istaklari mos kelib o‘zaro tovar va xizmatlarni ma’lum bir qiymat evaziga ayirboshlaydigan joy. Bozor (market) - keng ma’noda muomala sohasi bo‘lib, tovar ayirboshlash munosabatlari va jarayonlari majmuyidir. Bunda tovar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlari asosida amalga oshadi. Ko‘pincha, marketingda bozor deganda ma’lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo‘lgan potensial iste’molchilarning majmuyi tushuniladi. Marketingda “bozor” tushunchasi tovar yoki xizmatlarni sotib oluvchilarning mavjud va potensial yig‘indisi (jamlanmasi)ni bildiradi. Bu ibora qandaydir umumiy belgilarga ko‘ra birlashgan iste’molchilar guruhini anglatadi (masalan, yuqori sifatli tovarlar xaridorlari bozori). Ma’lum ehtiyojlar (iste’molchilar) bozori, demografik bozor (uni, masalan, o‘smirlar yoki katta yoshli odamlar tashkil etadi), geografik bozor (masalan, O‘zbekiston bozori, Rossiya bozori yoki G‘arbiy Yevropa bozorlari) haqida gapirish mumkin. Marketingda bozor hamisha to‘liq aniq holat. Har bir tashkilot aniq bozorda (bozorlarda) ishlaydi. Masalan, Koreyaning Samsung firmasi jahon bozori uchun ishlaydi, “Gloriya Jins” – Rossiya kiyim bozorida ishlaydi.
Bozor - tovarni xarid qiluvchi va sotuvchilarni har qanday kelishuvlar (shartnomalar) yordamida shu tovarni oldi-sotdi qilish bo‘yicha munosabatda bo‘lishidir. Bozor (market) – tovar xo‘jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo‘lib, tovar ishlab chiqarish va tovar muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor - sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi) lar o‘rtasida sodir bo‘ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor, tovar-pul munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda tovar xo‘jaligini yuritishning sharoitlarida ko‘rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo‘jalik yuritish qurolidir.
Bozor iqtisodiyotning aniq sohalarida yoki ma’lum joylarda talab va taklifning rivojlanish holatidir. Masalan, metall bozorida bahoning pasayishi yoki mehnat bozorida ishchilarning yetishmasligi va hokazo.
Bozor ma’lum bir qiymatga ega bo‘lgan turli xil obyektlar bo‘yicha tashkil etilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari bozori, qimmatli qog‘ozlar bozori, mehnat bozori, kapital bozori, intellektual bozor, shoubiznes bozori va boshqalar shular jumlasidandir. Iste’molchilarning turiga qarab bozorlar iste’mol bozori va korxonalar (tashkilotlar) bozoriga bo‘linadi.
Iste’mol bozori - bu tovarlarni va xizmatlarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun sotib oladigan yakka shaxslar va oilalar majmuyidan iborat bo‘lib, ommaviy iste’molchilarga egaligi, raqobatning xilmaxilligi va markazlashmagan strukturaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.

Korxonalar (tashkilotlar) bozori esa o‘z navbatida, ishlab chiqarish - texnik maqsadlarda foydalaniladigan mahsulotlar bozori va davlat tashkilotlari bozoriga bo‘linadi



Yüklə 31,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin