Tuproqlarni kimyoviy ifloslanish jarayonlarini aks ettiruvchi ayrim lavhalar
Kimyoviy ifloslangan tuproqlarning havfli - zaharli xususiyati, kimyoviy tarkibi va umumiy miqsori bo‘yicha turlarga ajratiladi.
Havfli-zaharli xususiyati bo‘yicha tuproqlar quyidagi kimyoviy ifloslanishlarga ajratiladi: 1.Radioaktiv ifloslanish, 2. Og‘ir megallar va kimyoviy moddalar bilan ifloslanish, 3. Turli chiqindilar bilan ifloslanish.
Tahlillarga ko‘ra radioaktiv ifloslanish eng havfli o‘rinda turadi, chunki radioaktiv ifloslanishda dastlab biologik dunyo jiddiy zarar ko‘radi va juda katta radiusda ham ta’sir etish xususiyatiga ega, eng achinarlisi inson sog‘ligiga juda havfli ta’sir etib, uning kelajak avlodlariga genlar orqali ta’sir etishi bilan boshqa ifloslanish turlaridan farq qiladi.
Og‘ir megallar bilan ifloslanishning havfli tomoni shundaki, birinchidan, og‘ir megallar bilan ifloslanishni vujudga keltiruvchi omillar va manbalar ko‘p (transportlar va sanoat - korxonalari) bo‘lib, ikkinchidan, tuproq qoplamida saqlanish (yemirilish) muddati bir necha ming yillarga teng.
Tuproqlarni turli chiqindilar bilan ifloslanishi yuqoridagi ifloslanishlar katori juda ko‘p hisoblanadi. Uning havfli tomoni shundaki, turli chiqindilar inson ta’siri va sanoat korxonalari tomonidan juda katta miqdorda tuproq qoplamiga to‘planadi. Maxsus chiqindilar ko‘miladigan "qabriston" lar yillar davomida atrof - muhit tuproq qoplamiga salbiy ta’sir qiladi. Chiqindilar zaharli xususiyati bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratiladi (3-jadval).
1-jadval Chikindi turlari va ularning sinflarga bo‘lnnishi