Reja: Daromad va xarajatlarni rejalashtirish



Yüklə 429 Kb.
səhifə11/26
tarix13.04.2023
ölçüsü429 Kb.
#97285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Reja Daromad va xarajatlarni rejalashtirish

Marketing strategiyasi. Marketing strategiyasi mazmunini yoritishdagi boshlang‘ich nuqta bozorni segmentlash va maqsadli bozorlarni tanlab olish hisoblanadi. Har bir maqsadli segmentga, raqobatchilarning undagi o‘rnini hisobga oladigan alohida marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Bunda umumiy yo‘nalishlar hamda marketing kompleksi har bir tashkil etuvchisining ichki strategiyasi (tovar, baho, sotish va kommunikativ siyosat) ishlab chiqiladi. Natijalar 8.1-jadval shaklida keltirishi mumkin.
Korxonaning marketing strategiyasi.

Mahsulot turi

Mahsulot turi bo‘yicha bozorni segmentlash

Marketing turi

Hayotiylik davri bosqichi

Sotish kanallari

Marketing siyosati

Marketing harakatlari

Tovar

Baho

Sotish

Kommunikativ































Bozorni qamrab olishning marketing strategiyasini tanlashda quyidagi uchta turidan foydalanish mumkin.

  • ommaviy marketing;

  • differensial marketing;

  • yo‘naltirilgan marketing;

Ommaviy marketing strategiyasiga amal qiluvchi korxonalar muvaffaqiyatining asosiy omillari bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishning standartlashganligi va ommaviyligi hisoblanadi. Uni qo‘llashni mahsulot butun bozorga yoki uning yirik segmenti uchun mo‘ljallangan hollarda tavsiya qilinadi.
Differensial marketing strategiyasi korxonada bozorning bir necha segmentlarida ular uchun maxsus ishlab chiqilgan mahsulot va marketing dasturi asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Bu o‘zlashtirilayotgan har bir bozor segmentiga chuqur kirib borish orqali sotish xajmini o‘sishiga imkon yaratadi.
Yo‘naltirilgan marketing korxona faoliyatini bir yoki bir necha bozor segmentiga yo‘naltirilishini talab qiladi. Buning asosiy sharti tanlangan segmentlarda albatta foyda yuqori darajada bo‘lishi kerak. Bu strategiya resurslar cheklangan holatda qo‘llash tavsiya qilinadi va mazmuniga ko‘ra bozordagi o‘z o‘rnini egallash yo‘nalishiga mos keladi. Undan kichik korxonalar foydalanishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

128.Korxonaning pul oqimlari, bashorat balansi va zarar ko‘rmasligi


Javob Pul mablag‘larining harakatlanish rejasi naqd pulning shakllanishi va chetga chiqishi, shuningdek, korxonada qolgan pul mablag‘lari dinamikasini tavsiflaydi. U moliyaviy menedjerga kelgusidagi pul oqimlarini baholash, qolgan pul mablag‘larini optimal darajada ushlab turish hamda pulning ortiqchaligi va taqchilligining oldini olishga imkon beradi.
Pul oqimlari rejasi odatda to‘rtta asosiy bo‘limdan iborat bo‘ladi:
- pul tushumlari bo‘limi, davr boshidagi pul mablag‘lari qoldig‘i, mijozlardan kelib tushuvchi pul tushumi va boshqa pul tushumi moddalaridan iborat;
- pul mablag‘lari xarajatlari bo‘limi;
- pul mablag‘larining ortiqchaligi yoki taqchilligi bo‘limi (pul mablag‘larining kelib tushishi va sarflanishi o‘rtasidagi farq);
- qarz mablag‘lari va ularni to‘lash batafsil bayon qilinuvchi bo‘lim.
Pul oqimi rejasidagi yakuniy raqam korxona foydasini emas, balki uning pul mablag‘lari aylanmasi saldosini aks ettiradi. Daromad va xarajatlar rejasidan farqli ravishda, pul oqimlari rejasi barcha manbalardan amalda kelib tushuvchi pul mablag‘larini, xususan, mahsulot (ish, xizmat) sotishdan kelib tushuvchi tushumlar, aksiyalar va korxonaning boshqa aktivlarini sotishdan kelib tushuvchi tushumlarni aks ettiradi. Xarajatlarga keladigan bo‘lsak, pul oqimlari rejasiga amalda to‘lanuvchi barcha xarajatlar kiritiladi.
Moliyaviy rejaning keyingi asosiy hujjati bu bashorat balansi bo‘lib, uning asosiy vazifasi rejalashtirish oraliqlari bo‘yicha korxona mulkining (aktivlar) o‘zgarishi va uning shakllanish manbalari (passivlar) dinamikasini aks ettirish hisoblanadi. Bashorat balansi yiriklashtirilgan shakldagi buxgalteriya balansining an’anaviy shaklida hisoblab chiqiladi.
Bashorat balansi korxona uchun ko‘ngilsiz natijalar keltirib chiqaruvchi qarorlarni aniqlash, moliyaviy koeffitsientlarni hisoblash va moliya bozori talablari nuqtai nazaridan ularning darajasini baholash, kelajakdagi moliyaviy manba va majburiyatlar tuzilmasini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi.
Moliyaviy rejaning, shuningdek, har qanday tadbirkorlik loyihasining yakunlovchi bosqichi zararsizlik nuqtasini tahlil qilish, ya’ni mahsulotni sotishdan olinuvchi daromad uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘luvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmini aniqlash hisoblanadi.
Zarasizlik nuqtasi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning ma’lum bir darajasi sifatida ifodalanishi mumkin:



Yüklə 429 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin