Reja: Daromad va xarajatlarni rejalashtirish



Yüklə 429 Kb.
səhifə12/26
tarix13.04.2023
ölçüsü429 Kb.
#97285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Reja Daromad va xarajatlarni rejalashtirish

B  Q = Xdoim. / Xo‘zg.  Q

Bu yerda: B - mahsulotni sotish bahosi;


Q - sotilgan mahsulotlar miqdori;
Xdoim. - jami ishlab chiqarish hajminig doimiy xarajatlari;
Xo‘zg. - o‘zgaruvchan xarajatlar.

Bundan kelib chiqqan holda zararsizlik nuqtasi doimiy ishlab chiqarish (Xdoim.) xarajatlarining baho (B) va mahsulot tannarxining o‘zgaruvchan (Xo‘zg.) tarkibi o‘rtasidagi farqqa nisbati sifatida aniqlanadi




Q = Xdoim. / ( B – Xo‘zg.)

Zararsizlik nuqtasini grafik shaklida ko‘rsatish ham maqsadna muvofiq bo‘lib, u korxona foyda olishni boshlaydigan ishlab chiqarish hajmini (kritik dastur) aniqlashga imkon beradi. Grafikni qurish uchun doimiy va o‘garuvchan xarajatlarni, sotuv hajmini bilish zarur. Zararsizlik nuqtasi grafikda sxema ko‘rinishida bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi, sotuv narxi va mahsulot tannarxining foydaga ko‘rsatuvchi ta’sirini aks ettiradi (11.1-rasm).



1


2

3

4

5

6

7


14.1-rasm. Zararsizlik nuqtasini aniqlashning grafik usuli.
(A - zarasizlik nuqtasi – kritik dastur, ya’ni kassada naqd pul to‘plana boshlaydigan ishlab chiqarish va sotuv hajmi; A* - ishlab chiqarish zararsizlik nuqtasiga chiqqandagi mahsulot sotish hajmi; A** - sotuv hajmining zararsizlik kattaligi).

Umuman olganda moliyaviy rejaning maqsadi korxona (biznes) salohiyatini ko‘rsatish va moliyaviy hayot layoqatiga erishish grafigini taqdim etishdir. Kelgusida undan korxonaning moliyaviy resurslarini tezkor boshqarishda foydalanish mumkin.


129.Kadrlar siyosati va personalni boshqarish


Javob Boshqaruvni tashkil qilish, tashkiliy tuzilmani tanlash, boshqaruv apparati va organlarini shakllantirish – bularning barchasi korxonaning kadrlar siyosatiga, kadrlar salohiyatidan unumli foydalanishga bog‘liq.
Ko‘plab xorijiy firma va kompaniyalar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatsizliklarning 90%dan ko‘pi boshqaruvning ko‘ngildagidek tashkil etilmasligi, boshqaruv qonun-qoidalaridan bexabarlik, xodimlarning to‘liq emasligi va kasb malakasining pastligi rahbariyatda boshqaruv tajribasining kamligiga borib taqaladi. Afsuski, bu kamchiliklar mamlakatimizdagi korxonalar orasida ham ko‘p uchramoqda. Bunga dalil sifatida korxonalarning bankrotga uchrashi, ayrim biznes-loyihalarning ekspertiza va tanlov paytida rad qilinishini ko‘rsatish mumkin. SHu sababli kadrlar va xodimlarni boshqarish masalasi doimo korxona rahbariyati nigohi ostida bo‘lishi hamda ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishda muntazam hisobga olib borilishi lozim.

Yüklə 429 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin