Mo‘r. yil. - korxonaning o‘rtacha yillik quvvati;
My.b. - yil boshidagi korxona quvvati;
Mk - yil davomida kiritilgan quvvat;
Mch - yil davomida ishlab chiqarishdan chiqib ketuvchi quvvat;
n1, n2 – mos holda quvvatlarni kiritish va chiqib ketishi davridan yil oxirigacha bo‘lgan to‘liq oylar soni.
Quvvatlarni kiritish, chiqib ketishi va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog‘liq boshqa tadbirlar ko‘pincha ishlab chiqarish quvvatlarining balansini tuzish yo‘li bilan hal qilinadi. Bunda korxonaning zarur quvvatlarga ehtiyoji va ularni qoplash manbalari aniqlanadi.
Korxona mahsulotining kompleksli tavsifnomasi va baholanishi
Korxona mahsuloti (ishi, xizmati) besh tavsifnomaga – sifat darajasi, xususiyatlar yig‘indisi, o‘ziga xos bezagi, marka nomi va o‘ziga xos o‘roviga (qadoqlanishiga) ega bo‘lishi lozim.
Biznes-rejada mahsulotni tavsiflash bozorga sotuvga chiqarilayotgan tovar kabi ifodalanishi lozim. Tovar haqida o‘z iste’mol qiymati bilan odamlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulot yoki buyum sifatida tasavvur paydo bo‘lishining oldini olish kerak. Tovarning bu jixatlari uning bozor tushunchasi sifatidagi xususiyatlarining yarmini tashkil qiladi, xolos. Ikkinchi yarmi mahsulotni sotish va iste’molga tayyorlash, unga texnik xizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, tovar belgisi, o‘rovi va hokazolardan iborat bo‘ladi.
Mahsulotni baholashda taklif qilinayotgan tovarning hayotiylik davrini aniqlash ham muhim ahamiya kasb etadi.
Har qanday tovarning hayotiylik davri ma’lum bir qonuniyatlarga bo‘ysunadi va bir qator bosqichlardan (namoyish etish, o‘sish, tarqalish, to‘yinish, so‘nish) iborat bo‘ladi. Tovarning bu bosqichlardan o‘tish tezligi bozor kon’yunkturasiga ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator holatlarga bog‘liq bo‘ladi.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo‘yicha oldindan hisoblab chiqilgan va belgilangan tarzda harakatlanishi narx, tovarni sotish usullari, reklama, ishlab chiqarish ob’ektlari va tovar harakatlanishi bilan manevr qilish kabi vositalardan foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o‘z vaqtida qabul qilishga imkon beradi. Ularning barchasi sotuv hajmi va darajasiga, demak, biznes-rejaning moliyaviy natijalariga ham ta’sir ko‘rsatadi.
Tovarning jozibadorligini belgilovchi bir qator omillar mavjud bo‘lib, u iste’molchi nima uchun aynan shu tovarni tanlashi kerak degan savolga javob topishga yordam beradi3.
Mahsulotning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini jadval shaklida keltirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi (10.1-jadval):
Dostları ilə paylaş: |