Reja: Daromad va xarajatlarni rejalashtirish


-jadval Mahsulotning iqtisodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 429 Kb.
səhifə16/26
tarix13.04.2023
ölçüsü429 Kb.
#97285
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Reja Daromad va xarajatlarni rejalashtirish

10.1-jadval
Mahsulotning iqtisodiy ko‘rsatkichlari

Mahsulot turi

Iste’mol bahosi

Mahsulot birligi ko‘rsatkichlari

Sotish bahosi

Etkazib berish

O‘rnatish

..........

Ja’mi

Tannarx

Foyda

---------






















---------






















Har qanday mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish shaklini olgandan keyin bir qator tavsiflarga ega bo‘ladi: sifat, xususiyatlar tarkibi, nomlanishi, tashqi jixozlanishi, qadoqlanishi va boshqalari. Ularni biznes-rejada mufassal bayon etish lozim bo‘ladi.
Tovar uni iste’molchi tomonidan qabul qilish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi zarur. Bu maqsadda tovar haqida quyidagi ma’lumotlar keltiriladi:
1. Tovar qondiruvchi ehtiyojlar
Ehtiyojlarni tavsiflovchi asosiy axborot quyidagilardan iborat:

  • tovar nomi;

  • tovarning vazifalari, foydaliligi;

  • tovardan foydalanishning universalligi, bilvosita foydalilik, ikkinchi darajali qo‘llash sohalari (masalan, chang yutgichdan xonalarni bo‘yashda foydalanish imkoniyati);

  • tovarning o‘ziga xosligini ta’minlovchi omillar.

2. Sifat ko‘rsatkichlari
Mahsulot xususiyatlariga uning quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bevosita bog‘liq bo‘ladi: uzoq muddat xizmat qilish, ishonchlilik, oddiylik, xavfsizlik va hokazo. Ayrim sifat ko‘rsatkichlari miqdoriy jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi mumkin. Xususiyatlar yig‘indisini xuddi sifat darajasi kabi xaridorlar tasavvuriga mos keluvchi tushunchalar orqali o‘lchanishi zarur.
3. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Iqtisodiy ko‘rsatkichlardan quyidagilar keltirilishi lozim:

  1. iste’mol bahosi;

  2. bitta mahsulot birligi tannarxi va u keltiruvchi foyda.

Iste’mol bahosi tovarning xizmat qilish muddati davomida unga sarflanuvchi xarajatlarni aks ettirib, quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  1. sotish bahosi (narxi);

  2. transport xarajatlari;

  3. o‘rnatish xarajatlari;

  4. xodimlarni o‘qitish xarajatlari;

  5. ekspluatatsiya xarajatlari;

  6. texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlari;

  7. soliqlar;

  8. sug‘urta badallari va hokazo.

4. Tovarning tashqi bezalishi
Tovarning tashqi bezalishini tavsiflashda uning zamonaviy dizayn va iste’molchilar talablariga mos kelishini aks ettirish, mahsulotning shakli uning funksiyalariga qanchalik javob berishi, materiali va rangi nima asosida tanlanganligi va boshqalarni ko‘rsatish lozim.

Yüklə 429 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin