5. Yangi tovarni tavsiflash Yangi tovarni tavsiflash ayrim xususiyatlarga ega. Avvalo tovar «bozor yangiligi» talablariga javob berishi ko‘rsatiladi. Bu atama bilan belgilanuvchi tovarlar quyidagi xislatlarga ega bo‘ladi:
iste’molchilar uchun eng yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatini ochib beradi (pioner tovar);
oddiy, ma’lum bo‘lgan ehtiyojni bir pog‘ona yuqoriga ko‘taradi (oq-qora televizor o‘rniga rangli televizor);
iste’molchilarning kengroq doirasiga ma’lum darajada ehtiyojni qondirishga imkon beradi.
6. Boshqa tovarlar bilan sotishtirish Tovarning xususiyatlarini ko‘rib chiqishda bozorda mavjud bo‘lgan tovarlar va korxona taklif qilayotgan tovar xususiyatlari o‘rtasidagi farqlar ko‘rsatiladi. YAngi yoki mavjud tovarning raqobatchilar tovarlaridan farqi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Agar korxona taklif qilayotgan tovarning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lmasa, u bozordagi boshqa tovarlardan ajralib turmasa, bu belgilab qo‘yilishi hamda biznes-rejada xaridorlarni nima hisobiga jalb qilishni mo‘ljallanayotganligi ko‘rsatilishi lozim. Bu xislatlar yoki xaridor uchun qo‘shimcha foydalar biznes-rejaning marketingga bag‘ishlangan bo‘limida batafsil ko‘rsatib o‘tiladi.
7. Patent huquqlari Ushbu qismda korxonaning bozorga raqobatchilar kirib kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan turli xil ixtirolarga egalik huquqi, patentlar tavsiflanadi:
foydali modellar;
Ushbu ob’ektlarga, «nou-xau»ga egalik litsenziyalari ko‘rsatiladi.
8. Eksport ko‘rsatkichlari va uning imkoniyatlari Mahsulotning ayrim turlari tashqi bozorga chiqariladigan bo‘lsa, eksportni tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar: mamlakat, sotuv hajmi, valyuta tushumini ko‘rsatish lozim. Boshqa tovarlar bo‘yicha ichki bozorga mo‘ljallangan mahsulotni chet ellik iste’molchilar talablariga moslashtirishning maqsadga muvofiqligi va imkoniyatlari ko‘rsatiladi.