Mavzu: Boshlang’ich sinfda matеmatika o`qitishni tashkil qilish shakllari. Miqdorlarni o’rgatish
Reja:
Dars va uning vazifalari.
.Matematika darsida asosiy didaktik maqsadlar.
Miqdorlarni o’rgatishning umumiy metodikasi.
Kirish Boshlang`ich sinf o`quvchilariga matematikadan samarali ta`lim berilishi uchun o`qituvchi boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasini egallab, chuqur o`zlashtirib olmog`i lozim.
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bug`ini jamiyatdagi demokratik o`zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta`lim sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta`lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta`lim tizimi hisoblanadi. Ta`lim tizimining har bir bo`g`ini alohida o`ringa ega.
Dars va uning vazifalari.
Dars o’qitish jarayoning asosiy bo’ginidir. “Dars” so’zining dastlabki ma’nosi- bu ma’lum muddatga bajarilishiga kerak bo’lgan mehnat topshirig’idir. Dars o’quv shakli sifatida XVII asrdan ya’ni 300 yildan buyon mavjud. Darsni bolalar faqatginia o’qib olmasdan balki jamoa bo’lib ishlaydir unda muloqotga bo’lish qoidalariga o’rganadilar va har biri alohida o’rganilayotgan narsada bir-biriga o’qituvchiga o’z munosabatlarini bildiradilar ana shu narsa tarbiyadir.
Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi asosiy masalalardan biridir.
Matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo’lgan didaktik qoidalar bilan tanishib olish va darsning tuzilishiga qanday bo’lmasin ta’sir qiladigan matematika su jumladn arifmetikada xos bo’lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak.