O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining daromadlari: Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar jamg‘armasining daromadlari: davlat mulki bo‘lgan korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav jamg‘armalaridagi aksiyalarni (ulushlarni), er uchastkalari va boshqa mol-mulkni realizatsiya qilish;
ustav jamg‘armalarida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarini tugatishdan tushgan tushumlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining daromadlari: belgilangan miqdordagi yagona ijtimoiy to‘lov tushumlari;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining daromadlari: Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi daromadlari: har yili tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining asosiy parametrlari doirasida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanadigan yagona er solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi.