Reja: Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organi O’zbekistonda sud organlari Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari


Oliy Majlis Senatning mutlaq vakolatlari



Yüklə 145 Kb.
səhifə2/3
tarix18.05.2020
ölçüsü145 Kb.
#31285
1   2   3
Davlat hokimyatining tashkil etilishi

Oliy Majlis Senatning mutlaq vakolatlari


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning 80-middasida belgilangan:

- Senat Raisini va uning o’rinbosarlarini, qo’mita raislari va ularning o’rinbosarlarini saylash; Prezident taqdimiga Konstitutsiyaviy sudni, Respublika Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudini saylash; Prezident taqdimiga binoan Respublika tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasinining raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish. Prezidentning Respublika Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash; Prezidentning Respublika Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarni tasdiqlash; Prezidentning taqdimiga ko’ra chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakillarni tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod qilish; Prezidentning taqdimiga binoan amnistiya to’g’risidagi hujjatlarni qabul qilish; Respublika Bosh prokurorining taqdimiga ko’ra, Senat a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; Respublika Bosh prokurorining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasini raisining, Respublika Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish; o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish. Bu vakolatlar Konstitutsiyamizning yuqorida ko’rsatilgan moddasida 14 ta bandda aniq ko’rsatib o'tilgan.



Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasida Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlari aniq ko’rsatilgan:

- Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosarlarini saylash; Bosh prokuror taqdimiga binoan Qonunchilik palatasi deputatining daxlsizlik huquqidan mahrum etish to’g’risidagi masalalarni hal etish; o’z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog’liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish; siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masala yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati 5 yil bo’lib, bu muddat tugagach, ular yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlagunga qadar o’z faoliyatini davom ettirib turadi.



Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatining tashkiliy shakllari.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining faoliyat shakllari Konstitutsiyamizning 81-moddasida hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risidagi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan Qonunda belgilab berilgan.

Qonunchilik palatasi faoliyatining tashkiliy shakli, uning Qonunchilik palatasi sessiyalari davrida, qoida tariqasida, haftasiga 3 marta o’tkaziladigan majlislardir.

Qonunchilik palatasining majlislari, agar ularning ishida palata deputatlari umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etsa vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni qabul qilishda, ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritishda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lishi shart.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin, ikki oydan kechiktirmay o’tkaziladi Mazkur majlisni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komisiyasining Raisi ochadi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylangunga qadar unda raislik qiladi.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisi ishini tashkil etish uchun majlisning muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.

Qonunchilik palatasining 1chi majlisida uning faoliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, shu jumladan, qoida to’g’risida:


  • elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat quruhi saylanadi;

  • Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o’rinbosari saylanadi;

  • Siyosiy partiyalar frksiyalari va deputatlar ro’yxatga olinadi;

  • Qonunchilik palatasining qo’mitalari tuziladi;

Qonunchilik palatasining navbatdan tashqari majlislari uning sessiyalari oralig’ida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti, Qonunchilik palatasi Spikeri taklifiga ko’ra yoki Qonunchilik palatasi deputatlari taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Qonunchilik palatasining majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Qonunchilik palatasining qaroriga binoan yopiq majlislar o’tkazilishi mumkin.

Qonunchilik palatasi faoliyatini samarali ashkil etish, qo’mitalar ishini muvofiqlashtirib borish, loyihalarini tayyorlash ishini rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqsadida Qonunchilik palatasi Kengashi tuziladi.

Qonunchilik palatasi Kengashining tarkibiga Qonunchilik palatasining Spikeri, uning o’rinbosarlari, fraksiyalar va deputatlar guruhining rahbarlari, Qonunchilik palatasi qo’mitalari raislari kiradi.

Qonunchilik palatasi Kengashiga Qonunchilik palatasi Spikeri rahbarlik qiladi, u Kengashning majlislarini olib boradi va uning qarorlarini imzolaydi.

Qonunchilik palatasining qo’mitalari, komissiyalari, fraksiyalari va deputatlar guruhlari huquqiy maqomlari Qonunchilik palatasi reglamenti to’g’risidagi Qonunda belgilangan.

Senat faoliyatining tashkiliy shakli – zaruratga qarab, lekin yiliga 3 marta o’tkaziladigan majlisdir.

Senat majlislari, agar senatorlar umumiy sonining kamida yarmi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, konstitutsiyaviy qonunlarni ma’qullash, ularga o’zgartirishlar va qoshimchalar kiritish to’g’risidagi masalalarni ko’rib chiqishda senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo’lishi shart.

Senatning 1chi majlisi Senat shakllantirilgandan keyin bir oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Mazkur Majlisni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi ochadi va Senat Raisi saylangunga adar unda raislik qiladi.

Senatning 1chi majlisi ishini tashkil etish uchun muvaqqat kotibiyati va sanoq komissiyasi saylanadi.

Senatning 1chi majlisida uning foliyatini tashkil etish bilan bog’liq masalalar ko’rib chiqiladi, jumladan qoida tariqasida.


  • elektron tizimdan foydalanish ustidan muvaqqat nazorat quruhi saylanadi;

  • Senat raisi, uning o’rinbosari saylanadi;

  • Senatning qo’mitalari tuziladi.

Senatning navbatdan tashqari majlislari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senatning Raisi, taklifiga yoki senatorlarning umumiy sonining kamida uchdan bir qismining taklifiga binoan chaqirilishi mumkin.

Senatning majlislari ochiq, oshkora o’tkaziladi va ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritiladi. Senatning qaroriga binoan yopiq majlislar o’tkazilishi mumkin.

Qo’shma majlislar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Senat Raisi, Qonunchilik palatasi Spikerining taklifiga yoki tegishli senatorlar yoxud Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi taklifiga binoan chaqiriladi.

Senat Kengashi – senat faoliyatini muvofiqlashtirish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko’rib chiqishni tashkil etish maqasadida tuziladi.

Senat kengashi tarkibiga Senat Raisi, uning o’rinbosarlari, Senat qo’mitalari raislari kiradi.

Senat Kengashiga Senat raisi rahbarlik qiladi.

Senat qo’mitalari, komissiyalarni huquqiy maqomlari “Senat reglamenti” haqidagi Qonunda belgilangan.

Oliy Majlisning Qonun chiqaruvchilik faoliyati.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning qonun chiqaruvchilik faoliyati to’rt bosqichda bo’ladi. Ushbu bosqichlar Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida qonun chiqarish jarayoni deb ataladi va qonunchilik tashabbusini ko’rsatish qonun loyihasini muhokama qilish, qabul qilish, hamda qonunni mzolash va e’lon qilishdan iborat bo’ladi.



Qonun chiqarish jarayonining 1chi bosqichi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasidaozbr Oliy Majlisda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlarning ro’yxati keltiriladi. Qonunchilik tashabbusi huquqiga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, shuningdek, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.

Bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga qonunchilik taklifi bilan murojaat etish huquqi hech kim uchun cheklanmagan. Shunday taklif kiritilgan taqdirda esa, qonun loyihalari qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega bo’lgan yuqorida ko’rsatilgan idoralar va shaxslar orqali O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan kiritiladi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar taqdim etilishi kerak:



  1. qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati;

  2. o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog’liq qonunlarni o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risidagi qoun loyihasi;

  3. o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishi, o’z kuchini yo’qotgan deb topilishi yoki qabul qilishni lozim bo’lgan qonun osti hujjatlarning ro’xati;

  4. moddiy xarajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy – iqtisodiy asoslar;

  5. davlat daromadlarini kamaytirish yoki xarajatlarni ko’paytirish, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (bundan matnda davlat budjeti yuritiladi) moddalari bo’yicha o’zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi.

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan 1chi o’qishda qabul qilingunga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilikni tashabbusi huquqining subyekti loyiha matnini o’zgartirish yoki o’zi kiritgan qonun loyihasini chaqirib olish huquqiga ega.

Ijro etuvchi hokimiyat organi

Ijro etuvchi hokimiyat organi – davlatning kollegial yoki yakkaboshchilik asosidagi organi. Davlat faoliyatining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish, davlat va xo’jalik-madaniy qurilishi sohalari va tarmoqlarini boshqarishni tashkil etish, bu maqsadda farmoyish berish bilan bog’liq turini amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyat organi umumiy vakolatli organlarga hamda maxsus vakolatli organlarga bo’linadi. Umumiy vakolatli organlar ijro etish faoliyatining barcha yoki aksariyat masalalarini hal qiladi (masalan, hukumat, viloyat ma’muriyati va b.). Maxsus vakolatli organlar alohida sohalar va tarmoqlarni boshqaradi (masalan, vazirlik, departament va b.). Ularning tarmoq (boshqaruvning muayyan tarmoqlariga rahbarlik qiladigan) hamda tarmoqlararo (tarmoqlararo boshqaruv, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tartibga solish vazifalarini amalga oshiradigan) turlari farqlanadi.

Ijro etuvchi hokimiyat (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, joylardagi hokimiyat organlari — hokimiyatlar, huquqni himoya qiluvchi organlar) — Oliy Majlisga hisob beradi. Hukumat (Vazirlar Mahkamasi) byudjet mablag’larini rejali ishlatish, milliy iqtisodiyotning holati, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatning natijalariga javob beradi. Huquqni himoya qiluvchi organlar chiqarilgan qonunlarning bajarilishini nazorat qiladi. Ijroiya hokimiyatning barcha harakatlari amaldagi qonunlar doirasida bo’lishi lozim.

O’zbekiston Respublikasida hukumat – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining oliy ijrochi va boshqaruvchi organi hisoblanadi. U iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko’rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga rahbarlik qiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda Ijro etuvchi hokimiyat organini hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshqaradi.

IJRO ETUVChI HOKIMIYaT ORGANLARI – O’zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat organlarining umumlashtirilgan nomi. Mazkur organlar tizimiga vazirliklar, davlat qo’mitalari, xizmatlar, agentliklar kiradi.

O’zbekiston Respublikasi vazirligi – belgilangan faoliyat sohasida davlat siyosatini va boshqaruvni amalga oshiruvchi, shuningdek mazkur sohadagi boshqa Ijro etuvchi hokimiyat organining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ijro etuvchi hokimiyat organi vazirlikni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi O’zbekiston Respublikasi vaziri boshqaradi.

Davlat qo’mitasi – o’z vakolatlariga kiruvchi masalalar yuzasidan kollegial asosda tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiruvchi, shuningdek ma’lum faoliyat sohasida qo’yilgan vazifalarni tartibga soluvchi Ijro etuvchi hokimiyat organi Davlat qo’mitasini rais boshqaradi.

Xizmat, agentlik – belgilangan sohalarda maxsus (ijro etish, nazorat, ruxsat berish, tartibga solish va b.) vazifalarni amalga oshiruvchi Ijro etuvchi hokimiyat organi

Ijro etuvchi hokimiyat organini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. Vazir, davlat qo’mitasi raisi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.

Mamlakatimizda davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda «Murakkab o‘tish davrida qabul qilingan qonunlarning amalda bajarilishini ta’minlay oladigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ijro hokimiyatining samarali tizimi va tuzilmalarini yaratish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu maqsadda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi».

1992 yil 8 dekabrda Konstitutsiyamiz qabul qilindi va hukumat, uning tarkibi, tarkibiy tuzilmalari, Bosh vazir, Vazirlar Mahkamasi faoliyatining huquqiy asoslari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolat doirasi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonun bilan mustahkamlandi.

Konstitutsiyamizga kiritilgan 2003 yil 24 apreldagi o‘zgartishlar asosida hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi qonunning 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan yangi tahririda Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oid qoidalar yanada aniqlashtirildi. Uning natijasida Vazirlar Mahkamasining tarkibi ixchamlashtirildi hamda hukumat a’zolarining qabul qilinayotgan qarorlar uchun mas’uliyati oshirildi.


2007 yilda Konstitutsiyamiz Prezident davlat boshlig‘i ekanini va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlashini belgilaydigan normalar bilan to‘ldirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatidagi funksiya va vakolatlari saqlab qolindi.

«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi bilan hukumat hamda Bosh vazirning ijro hokimiyatini amalga oshirishdagi o‘rni va mas’uliyati oshirildi, shu sababli ularning huquqiy maqomi mazmunan kengayib, yangi bosqichga ko‘tarildi.

Vazirlar Mahkamasining vakolatlarini aniqlashtirish hamda davlat boshqaruvida uning rolini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonun mohiyat e’tibori bilan rahbar xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, davlat boshqaruvi organlari hay’atlari tarkibini aniqlash masalalarini hal etish va bu ishlarni takomillashtirish, tezkorlikni oshirishga qaratilgan.

Amaldagi qonunga muvofiq, vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, hozirgi vaqtda davlat boshqaruvi organlari bo‘lmish agentliklar, qo‘mitalar, markazlar, inspeksiyalarning rahbarlari va rahbar o‘rinbosarlari belgilangan tartibda kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ham lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Bu Vazirlar Mahkamasi rolining kuchayishi va davlat boshqaruvining qator organlari rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash hamda lavozimidan ozod etish, shuningdek, bu organlar hay’atlari a’zolarini tasdiqlashga oid aniqlik kiritilishi bilan bog‘liqdir. Qonunga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonunning 6-moddasiga quyidagi holatlarni mustahkamlovchi tegishli o‘zgartishlar kiritildi:

Birinchidan, amaldagi qonunning 6-moddasi to‘rtinchi qismida «Vazirlarning va davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi» belgilab qo‘yildi. Mazkur o‘zgartishning amaldagi Qonun normasidan farqi shundaki, yangi Qonunda tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbar xodimlari va ularning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish bilan bog‘liq holatlarning qonun hujjatlarida boshqacha tartibi bo‘lishi mumkinligi ham nazarda tutilmoqda. Amaldagi normada esa vazirlarning o‘rinbosarlari, davlat qo‘mitalari raislarining o‘rinbosarlari hamda davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlarini faqatgina O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi mustahkamlangan edi.

Ikkinchidan, «Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlarining rahbarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda tasdiqlashi» belgilandi. Va nihoyat, davlat boshqaruv organlari hay’atlarining a’zolari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruvlarining a’zolari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi deb mustahkamlab qo‘yildi.

Rahbar kadrlar va ularning o‘rinbosarlarini tanlash va lavozimga qo‘yishni takomillashtirishga qaratilgan ushbu Qonunning qabul qilinishi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda mas’uliyatni kuchaytiradi hamda ijro etuvchi hokimiyatning barcha bo‘g‘inlaridagi rahbar xodimlar va kadrlar masalasiga jiddiy e’tibor berishni taqozo etadi.

Ijro etuvchi hokimiyatning huquqiy asoslari o’zbekiston respublikasi konstitusiyasi va qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan. Ijro etuvchi hokimiyat davlat hokimiyatini amalga oshirishning bir shakli bo’lganligi uchun uni tashkil etishning asosiy qoidalari konstitusiyada belgilangandir. Konstitusiyaning 91-moddasi 8-bandiga asosan o’zbekiston prezidentlik respublikasidir, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishga prezident boshchilik qiladi.
1991 yilning 29 dekabrdagi referendumda o’zbekiston xalqi mamlakatimizning mustaqil rivoji uchun ovoz berdi va tariximizda ilk marotaba bevosita, umumiy, teng va yashirin ovoz berish yo’li bilan respublika prezidentini sayladi.

O’zbekiston respublikasi konstitusiyasi prezident hokimiyatini ancha mustahkamladi. Konstitusiyaning 89-moddasiga muvofiq, o’zbekiston respublikasi prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i, ayni paytda vazirlar mahkamasining raisi hamdir. Prezident davlatning bosh arbobi, millatning ramzi, fuqarolar xavfsizligining kafolatidir. Konstitusiyaning 90-moddasiga binoan respublika prezidenti o’zbekiston respublikasi fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Asosiy qonunga ko’ra, bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq o’zbekiston respublikasining prezidenti bo’lishi mumkin emas.

Ijro hokimiyati mustaqilligini ta’minlash

davlat boshqaruvini demokratlashtirishning muhim sharti


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalari qatorida davlat hokimiyati va boshqaruvi sohasida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi. Bu islohotlar O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 11-moddasida mustahkamlangan davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipini hayotga izchil tatbiq etish, hokimiyatlar o’rtasida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatining samarali tizimini shakllantirish, markazda qonun chiqaruvchi hokimiyat, joylarda vakillik hokimiyati organlari vakolatlarini yanada kengaytirish, sud tizimini liberallashtirish va uning mustaqilligini ta’minlash bo’yicha g’oyat dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.

Chunonchi, 2005 — 2010 yillarda ikki palatali milliy parlament shakllantirilib, samarali faoliyat yuritmoqda, ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti egallab turgan Vazirlar Mahkamasi Raisi lavozimi tugatildi, 2007 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasidan mamlakat Prezidenti bir vaqtning o’zida ijro etuvchi hokimiyatning boshlig’i ekanini belgilaydigan norma chiqarildi. Bugungi kunda Konstitusiyamizning 89-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig’idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi. Shu munosabat bilan Prezidentning ayrim vakolatlari Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasiga o’tkazildi. Vazirlar Mahkamasining faoliyati yanada takomillashtirildi, Konstitusiyaning 98-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Bularning hammasi ushbu davrdagi muhim siyosiy-huquqiy voqyealar bo’ldi va O’zbekiston taraqqiyotida o’zining samarali natijasini bermoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Respublikada ijro etuvchi hokimiyatning amalga oshirilishi to’g’risidagi konstitusiyaviy qoida hukumat maqomi, uning alohida huquqlarini, tarkibini, qonun chiqaruvchi organlar, ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o’zaro munosabatlari tarkibini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash lozimki, davlat hokimiyati organlarining faoliyatini zamon talablariga muvofiq ravishda tubdan yaxshilamay turib, islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Xalq tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan kuchli va adolatli hokimiyat demokratik fuqarolik jamiyatini, kelajagi buyuk davlatni barpo etishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Shu bois ham mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida davlat va jamiyat qurilishiga keng e’tibor berilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan 2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisida ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ham davlat va jamiyat qurilishini demokratlashtirishda o’ziga xos ahamiyat kasb etdi. Unga muvofiq, Konstitusiyaning Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga doir qismiga bir qator tuzatishlar kiritish taklifi ilgari surilib, bu “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida o’z ifodasini topdi.

Shu o’rinda Konstitusiyamizning 93-moddasiga kiritilgan qo’shimchaga binoan, Bosh vazirga viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimini tayinlash uchun Prezidentga taqdimnoma kiritish huquqi berildi. Bu qoida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi islohotlar bilan hamohangdir. Zero, viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi o’z lavozimlari bo’yicha joylarda ijroiya hokimiyatni boshqaradi. Ayni paytda ular hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga mas’ul hisoblanadi. Ijroiya hokimiyat faoliyati uchun Bosh vazirning javobgar bo’lishi sababli bunday huquqning Bosh vazirga berilishi mantiqan to’g’ri jarayon bo’lib, hokimiyatlar bo’linishi tamoyiliga to’la mos keladi.

Konstitusiyaga davlat hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig’i — Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o’rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta’minlash maqsadida tuzatishlar kiritilgani munosabati bilan 93-moddaning 8-bandidan “ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi”, degan norma Prezident vakolatlaridan chiqarildi. Bu, tabiiyki, Bosh vazirning vakolatlarini yanada kengaytiradi.

Darhaqiqat, mustaqillik yillarida Yurtboshimiz rahbarligida davlat hokimiyati tarmoqlari faoliyatida va ular o’rtasidagi munosabatda tub islohotlar amalga oshirildi. Murakkab va o’ta mas’ul o’tish davrida Prezident boshchiligidagi kuchli ijro etuvchi hokimiyat jamiyatimizning eski tuzumdan yangisiga bosqichma-bosqich o’tishini, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy asoslari shakllanishini ta’minlab berdi.

Konsepsiyada ilgari surilgan takliflar ham, o’z navbatida, hokimiyat tarmoqlarining mustaqilligini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, o’zaro bir-birini tiyib turish mexanizmlarini mustahkamlaydi. Umuman olganda, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizasiyalashni rivojlantirish jarayoni davlat boshqaruvining barcha bo’g’inlarida o’zining ijobiy samarasini bermoqda.

Eng muhimi, hokimiyatning uchta tarmog’i — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati faoliyatiga doir islohotlar, ularning har birini vakolatlari kengaytirilishi boshqaruvni demokratlashtirishning o’ziga xos ifodasi, deyish mumkin. Ijro etuvchi hokimiyatning davlat boshqaruvini yurituvchi asosiy institutlardan biri sifatida mustaqilligini ta’minlash, shubhasiz, davlat boshqaruvini demokratlashtirishning muhim sharti hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, ijroiya hokimiyat vakolatlarining kengaytirilishi uning o’z faoliyatida mustaqil ish yuritishi, amalga oshirilayotgan islohotlar tizimida samarali faoliyat olib borishini kafolatlashi bilan bir qatorda, uning parlament va uni shakllantirgan siyosiy partiya oldidagi mas’uliyatini, fuqarolar oldidagi ustuvor vazifalarni ro’yobga chiqarish majburiyatini kuchaytiradi.

IJRO ETUVChI XOKIMIYaTNING XUSUSIYaTLARI

Ijro etuvchi xokimiyatning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

1) ijro etuvchi xokimiyat O’zbekistan Respublikasi yagona davlat xokimiyatining qonun chikaruvchi va sud xokimiyati bilan yakindan alokada bulgan nisbatan mustakil tarmog’i (turi, kurinishi)dir;

2) yagona davlat xokimiyatining kurinishi bulgan ijro etuvchi xokimiyat xozirgi vaktda ijro etuvchi organlar deb nomlanadigan, amalda esa davlat boshqaruvi organlari bulgan davlat apparatining maxsus buginlari faoliyatida real xususiyat kasb etadi;

3) ijro etuvchi xokimiyat davlat boshqaruvi organlari tizimida namoyon buladi, ularga respublika xukumati, vazirliklar, davlat kumitalari va idoralari, maxalliy ijro etuvchi organlar, davlat muassasalari va korxonalarining ma’muriyati kiradi;

4) ijro etuvchi xokimiyat zamon va makonda universal xususiyatga ega, ya’ni uzluksiz va insonlar jamoalari faoliyat kursatayotgan barcha joylarda amalga oshiriladi. Ijro etuvchi xokimiyat organlari mazmuni buyicha ijro etuvchi va kursatma beruvchi faoliyatni amalga oshiradi. Qonunga muvofiq, ular davlat va xokimiyat vakolatlariga, jumladan, xuquqiy xujjatlar chikarish va ularni amalga oshirish vakolatlariga ega. Umuman olganda, ushbu organlar mustakil ravishda qonun xujjatlari chikarish, ularni kullash xamda xuquqni muxofaza kilishdan iborat keng doiradagi vakolatlarga egadirlar.

Ijro etuvchi xokimiyat organlari faoliyatining qonun asosida bulishi xusu-siyatiga egaligi ularning xuquqiy xolatidagi eng muxim jixatdir. Ular uzlarining barcha shakldagi faoliyatida Konstitusiya, qonunlarning talablariga kat’iy rioya etishlari, ularni bajarishlari va uz vakolatlari doirasida boshqalarning bajarishlarini ta’minlashga yordam berishlari kerak;

5) ijro etuvchi xokimiyat davlat xizmati orkali amalga oshiriladi. Davlat xizmati deganda, fuqarolarning davlat organlaridagi davlat boshqaruvini amalga oshirishga karatilgan professional faoliyati tushuniladi. Ijro etuvchi xokimiyat organlari muayyan bulinmalar (bulim, boshqarmalar)dan tashkil topadi. Ularning xar biri xizmatchilar egallab turgan lavozimlar yigindisidan iboratdir;

6) ijro etuvchi xokimiyatning muxim jixati — uning bevosita kul ostida ulkan resurslar, ya’ni xuquqiy, axborot, iktisodiy, texnikaviy, mafkuraviy, tashkiliy resurslarning mavjudligi yoki uning predmetli xususiyatidir. Ijro etuvchi xokimiyat kulida davlatning amaddagi kudrati jamlangan. U ulkan xududlar, kuplab odamlar, resurslarga tayanadi, xizmatdagi lavozim buyicha kutarishlar va Rag’batlantirishlar vositalaridan foydalanadi. Bundan tashqari, ijro etuvchi xokimiyat organlarining bevosita kul ostida Kurolli Kuchlar, chunonchi, armiya, milisiya, milliy xavfsizlik xizmati mavjud.

VAZIRLAR MAXKAMASI – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUKUMATI

Vazirlar Maxkamasi, ya’ni O’zbekiston Respublikasining Xukumati ijro etuvchi xokimiyat vakolatlarini amalga oshiradi, ijro organlari tizimiga boshchilik kiladi va ularning faoliyatiga raxbarlik kiladi. Uning xuquqiy xolati asoslari, tarkibi, shakllanish tartiblari O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (20-bob), O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi to’g’risidagi 1993 yil 6 may qonuni va boshqa normativ-xuquqiy xujjatlar bilan belgilangan.

Vazirlar Maxkamasining raisi Konstitusiyaga muvofik O’zbekiston Respublikasining Prezidentidir. Vazirlar Maxkamasining raisi O’zbekiston Respublikasi xukumatining faoliyatiga raxbarlik kiladi xamda uning uz vakolatlarini samarali amalga oshirishi uchun choralar kuradi.

Xukumatni O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning birinchi urinbosari va urinbosarlari, vazirlar, O’zbekiston Respublikasi davlat qo’mitalarining raislari, boshqa davlat va xujalik boshqaruv organlarining raxbarlari tarkibida Respublika Prezidenti shakllantiradi va Oliy Majlis tasdiklaydi (Vazirlar Maxkamasi to’g’risidagi qonunning 4-moddasi).


O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirini Prezident parlamentning roziligi bilan tayinlaydi. Xukumatning boshqa a’zolarini xam Prezident tayinlaydi. Bosh vazir Vazirlar Maxkamasining ishini tashkil etadi, urinbosarlari urtasida vazifalarni taksimlaydi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigi buyicha Xalqaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi xukumatining vakili bulib katnashadi xamda xukumatlararo shartnomalar va bitimlarni imzo-laydi, davlat va xujalik boshqaruvi masalalari buyicha qarorlar qabul kiladi, Vazirlar Maxkamasi raisining topshirigi buyicha xukumat faoliyatini tashkil kilish va unga raxbarlik kilish bilan boglik boshqa funksiyalarni bajaradi (Vazirlar Maxkamasi to’g’risidagi qonunning 15-moddasi).

Xukumat a’zolari boshqa xak tulanadigan lavozimlarni egallay yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugullana olmaydilar. Xukumat a’zolari ayni bir vaktda vakillik organining deputata bula olmaydilar.

Xukumat faoliyati amalda jamiyat xayotining barcha tomonlarini kamrab oladi. Uning faoliyatidagi asosiy yunalishlar (funksiyalari) Konstitusiyaning 98-moddasida belgilangan. Xukumat:

— O’zbekiston Respublikasi iktisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yunalishlarini ishlab chikadi va ularning amalga oshirilishini tashkil kiladi;

— Oliy Majlisga O’zbekiston Respublikasi byudjetining asosiy kursat-kichlarini va uning bajarilishi xakidagi xisobotni takdim etadi, byudjetning bajarilishini ta’minlaydi;

— Oliy Majlisga qonunlarning loyixalarini kiritadi va qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi;

— qonunchilik tashabbusi xuquqini amalga oshiradi;

— vazirliklar, davlat qo’mitalari xamda boshqa markaziy va maxalliy ijro etuvchi organlarning xamkorligini ta’minlaydi;

— viloyatlar va Toshkent shaxri xokimlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi qarorlari va farmoyishlarini bekor kiladi yoki amal kilishini tuxtatib kuyadi;

— zimmasiga Konstitusiya, qonunlar va Prezident farmonlari bilan yukla-tilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.

Xukumat O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, boshqa normativ xuquqiy xujjatlar asosida va ularni bajarish maksadida O’zbekiston Respublikasining butun xududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va Fuqarolar uchun bajarilishi shart bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chikaradi.

Prezident xukumat majlisida raislik kilish xuquqiga ega.

Xukumat Prezident vakolatlari muddati doirasida amal kiladi xamda yangi saylangan Oliy Majlis oldida uz vakolatlarini topshiradi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IJRO ETUVChI XOKIMIYaTINING MARKAZIY ORGANLARI

Ijro etuvchi xokimiyat organlari tarkibiga xukumat bilan bir qatorda maxsus vakolatli davlat organlari — tarmoq yoki tarmoqlararo funksiyalarni bajaruvchi organlar kiradi. Ularning tuzilishini Respublika Prezidenti belgilaydi.

Xozirgi vaktda O’zbekistonda ijro etuvchi xokimiyat markaziy organlarining tashkiliy xuquqiy shakllariga quyidagilar kiradi:

1) vazirliklar;

2) davlat qo’mitalari;

3) qo’mitalar, departamentlar, agentliklar, shuningdek, respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari koshidagi boshqa davlat boshqaruv organlari (umumlashtirilgan xolda ular idoralar deb ataladi);

4) qo’mita, bosh boshqarma, komissiya, agentlik va xukumat tarkibiga kirmaydigan boshqa respublika davlat boshqaruv organlari.

Ijro etuvchi xokimiyatning barcha markaziy organlari xukumatga karashlidir. Xukumat vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqa markaziy va maxalliy ijro organlarining xamkorligini ta’minlaydi.

Vazirlar Maxkamasi viloyatlar va Toshkent shaxri xokimlarining O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi qarorlari va farmoyishlarini bekor kiladi yoki tuxtatib kuyadi.

Vazirlar Maxkamasi xukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlarning raxbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislari, xukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlar raxbarlarining takdimnomasiga muvofik, respublika idoralarining raxbarlarini va ularning urinbosarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va markaziy ijro etuvchi organlar faoliyatining xuquqdsh asosini, respublika qonunlari bilan bir qatorda, Prezident va xukumatning normativ-xuquqiy xujjatlari, maxsus nizomlar tashkil kiladi.

Ularning xar biri to’g’risidagi nizomni Vazirlar Maxkamasi tasdiklaydi. Xukumat, shuningdek, respublika idoralarining faoliyat soxasi, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.

Ijro etuvchi xokimyatining markaziy organlari uz funksiyalari va vakolat-larining tabiatiga kura, muayyan xususiyatlarga ega.

Vazirlik — respublikaning markaziy ijro etuvchi organi bulib, davlat boshqaruvining tegishli tarmoq (soxa)siga raxbarlik kiladi, shuningdek, qonunda belgilangan doirada tarmoqlararo muvofiklashtirishni amalga oshiradi.

Davlat qo’mitasi — respublikaning markaziy ijro etuvchi organi bulib, davlat boshqaruvining tegishli tarmoqlari (soxalarida) yagona davlat siyosatini utkazadi va ushbu maksadda qonunga kura tarmoqlararo muvofikdashtirishni amalga oshiradi.

Vazir yoki davlat qo’mitasining raisi uz lavozimiga kura xukumat tarkibiga kiradi, davlat boshqaruvining tegishli tarmogi (soxasi)ning samarali ishlashini ta’minlaydi, uzlari raxbarlik kilayotgan tarmoq (soxa)ning axvoli va rivojlanishi, qonunlar xamda Prezident va xukumat xujjatlarining bajarilishi uchun javobgar buladi.

Vazir yoki davlat qo’mitasining raisi xuzurida maslaxat beruvchi va kengashuvchi organ — vazirlik, davlat qo’mitasining xay’ati tashkil etiladi.

Vazirlik yoki davlat qo’mitasi chikaradigan qaror vazirning buyrugi bilan xamda davlat qo’mitasining raisi imzolaydigan qaror bilan rasmiylashtiriladi.

Respublikaning xukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organi uz vakolatiga kiruvchi masalalar buyicha tarmoqlararo muvofikdashtirishni, shuningdek, boshqa maxsus ijro etish va ruxsat berish funksiyalarini amalga oshiradi.

Idora respublika vazirligi yoki davlat qo’mitasining vakolatlari doirasida mustakil ravishda maxsus ijro etuvchi xamda nazorat funksiyalarini amalga oshiradi, shuningdek, tarmoqlararo muvofiklashtirish vazifasini yoxud davlat boshqaruvi tarmoqchasi (soxasi)ga raxbarlik kiladi.


Yüklə 145 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin