Reja: Didaktik o’yin tushunchasi va uni qo’llashdan maqsad



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə1/2
tarix13.06.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#129204
  1   2
Reja Didaktik o’yin tushunchasi va uni qo’llashdan maqsad


Ona tili ta’limi jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlar
Reja:

  1. Didaktik o’yin tushunchasi va uni qo’llashdan maqsad.

  2. Didaktik o’yin turlari

  3. Ayrim didaktik o’yinlar sharhi

  4. Ona tili darslarida didaktik o’yinlarin qo’lash bilan bog’liq ishlanmalar, tavsiyalar.

Tayanch tushunchalar: ta’lim jarayoni, didaktik o’yin, o’zaro bog’lovchi o’yinlar, rag’batlantiruvchi o’yinlar, yakunlovchi o’yinlar, innavasion metod.Boshlang'ich ta'lim bosqichida asosiy e'tibor o'quvchilarning so'z boyligini oshirish, o'zbek tilidagi nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qilish ko'nikmalarini rivojlantirish orqali ularning og'zaki va yozma nutqini shakllantirishga qaratiladi. Shundan kelib chiqib, 2—4- sinflarda o'quvchilarni tabiat hodisalarini kuzatishga o'rgatish, narsa-buyumlar, o'simlik va hayvonot dunyosiga oid tushunchalarning nomlari, belgi, miqdor, harakat-holatni bildiruvchi so'zlar bilan ularni tanishtirish — o'zbek tili darslarining asosiy ta'limiy maqsadi hisoblanadi. Bunda o'quvchilarning so'zlarni imkon qadar ko'proq o'zlashtirishi hamda xotirasiga singdirib borishiga qaratilgan mashq turlaridan foydalanish dars samaradorligini belgilaydi. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim bosqichida didaktik o'yinlardan foydalanish, ayniqsa, muhimdir.


Didaktik o'yinlar o'quvchi­larning o'zaro va o'qituvchilar bilan hamkorligini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ta'limiy o'yinlar bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yengillashtiradi, o'quvchilarni darsga to'liq jalb etishga yordam beradi, ularning ijodiy tafakkuri, faolligini o'stirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Biroq ta'limiy o'yinlarni me'yorida qo'llash kerak, ularni haddan ziyod ko'paytirib yuborish o'quvchini dars maqsadidan chalg'itib qo'yishi mumkin.
Ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning boshlang'ich sinf o'quvchilari so'z boyligini oshirish uchun o'zbek tili darslarida quyidagi didaktik o'yinlardan foydalanish tavsiya etiladi.Ta’lim jarayoni, uni rivojlantirish va o’zgartirish o’qituvchi va sinf o’quvchilarining o’zaro ochiq muloqoti va ishonchi muhitida samarali bo’ladi.
Dars davomida didaktik
o’yinlardan foydalanilsa , o’quvchilarning ona tili darslariga
bo’lgan qiziqishlari ortadi hamda ularning nutqiy
ko’nikmalari rivojlantiriladi.

Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan o’yinlar qisqa vaqtga mo’ljallangan bo’lib, bular orqali o’quvchilar guruh bo’lib mashq qilishga odatlantiriladi.O’yinlar vositasida kichik guruhlar faolligi ortadi, ta’lim ishtirokchilarning diqqati ishga (ta’lim jarayoniga) to’liq jalb etiladi.


O’yinlar vositasida o’quvchilarga yangi bilimlar berish. ko’nikma hosil qilish, kichik guruhlar a’zolarining ijodiy qobiliyatlariii rag’batlantirish mumkin. O’yinlarni maqsadiga ko’ra etti to’rga ajratish mumkin.

  1. Guruh bo’lib ishlash uchun soglom muhit tashkil etishga qaratilgan o’yinlar.

  2. Umumiy qiziqishlarni aniqlashga qaratilgan o’yinlar.

  3. Guruhlarning birligini qo’llab-quvvatlovchi o’yinlar.

  4. O’zaro bog’lovchi o’yinlar.

  5. Rag’batlantiruvchi o’yinlar.

  6. Ijodkorlikka da’vat etuvchi o’yinlar.

  7. Yakunlovchi o’yinlar.

Dunyoga boshqacha ko’z bilan qarash ta’limda innovasion
metodlarni ko’llashga yordam beradi.
Katta mavzularni o’rganishni yakunlash, egallagan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Ta’lim jarayonida qo’llanilgan har bir o’yin yakunida o’qituvchining sharhiga vaqt ajratiladi. Bunda u yoki bu o’yin guruh a’zolari tomonidan qanday g’oyalar tug’dirganini sharhlashga e’tibor beriladi.
Quyida ona tili darslarida qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim o’yinlar xususida so’z yuritamiz.

Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin