Reja: Didaktik o’yin tushunchasi va uni qo’llashdan maqsad



Yüklə 36,5 Kb.
səhifə2/2
tarix13.06.2023
ölçüsü36,5 Kb.
#129204
1   2
Reja Didaktik o’yin tushunchasi va uni qo’llashdan maqsad

«So’zdan-so’z» o’yini.
Bu o’yin ta’lim jarayonida bir necha yillardan beri qo’llanib kelmoqda. Bu o’yinda bir so’zdan bir necha so’zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o’yin turi o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o’yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog’liq holda o’tkazish yo’llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so’z tarkibidagi harflarning turli kombinasiyasidan foydalanib, bir necha so’zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o’yinni ma’lum bir mavzu bilan bog’liq xolda o’tkazsa ham bo’ladi. «So’zdan-so’z» o’yinidan tilning barcha sathlarini o’qitishda foydalanish mumkin.
Leksikologiya bo’limida shakldosh, zid ma’noli so’zlar mavzularini o’rganishda bu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o’qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so’zlarni keltirib chiqarish mumkin bo’lgan so’zlarni tanlay bilishi va shunday keyin uii o’quvchilar e’tiboriga xavola qilishi lozim.
Omonim (shakldosh) so’zlar mavzusi o’rganilgach, o’quvchilarga quyidagi so’zlarni berish va ulardan shakldosh so’zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi.Mustaqil so’zidan qil (qilmoq fe’li, sochning qili), til (tilmoq fe’li, tana a’zosi nomi), ishtirokida so’zidan tor (cholg’u asbobi, sifat turkumiga xos so’z), kir (kirmoq fe’li, sifat turkumiga xos so’z), ot (ism, hayvon nomi, otmoq fe’li), osh (taom nomi, oshmoq fe’li) shakldosh so’zlari keltirib chiqariladi.
Zid ma’noli so’zlar mavzusida bu o’yindan qisman foydalanish mumkin.
Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so’ng o’quvchilarga qarag’ayzorlar, ko’z munchoq so’zlarini berib, antonim so’zlari keltirib chiqarish topshiriladi.
Qarag’ayzorlar so’zidan oq-qora, ko’z, munchoq so’zidan och-ko’k so’zlarini hosil qilish mumkin.
Bu o’yindan morfologiya bo’limida ham keng foydalanish mumkin.
Ot so’z turkumida berilgan so’zlardan atoqli otlar hosil qilish topshirig’i beriladi.
Bilimdonlarga so’zidan quyidagicha otlar hosil qilish mumkin:

  1. Atoqli otlar. Nodir, Rim, Ali, Dilbar, Lola, Nil, Narimon.

  2. Turdosh otlar. a) qavm-qarindoshlik otlari: aka, ona, bola;

b) mahsulot nomlari: don, limon, in, bino, bol;
v) mavhum otlar: darmon, ilm, imon.
Qolgan so’z turkumlarida ham o’yinni shu tarzda o’tkazish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:



  1. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning yoshlarga ta’lim tarbiya berish haqidagi fikrlari). — T.: «O’zbekiston», 1997.

  2. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. «Ta’lim to’g’risida.» T., 1997.

  3. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida.» T., 1997.

  4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risida»gi 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori.

  5. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. «Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida». 1990-yil 16-avgust.

  6. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim stardarti. — «Ta’lim taraqqiyoti», 1-maxsus son, T., 1999, 6-45 betlar.

Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin