Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi.
XULOSA
«Ekonometrika» fanning asosiy maqsadi milliy iqtisodiyot va uning tarmoqlari kabi murakkab iqtisodiy tizimlarning modellashtirish asoslarini, aniq iqtisodiy ob’ektlar misolida modellashning qo‘yilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, masalalarni kompyuter dasturlarida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy talqin qilish kabi bosqichlarni o‘rgatishdan iboratdir. Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi. Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Xodiev B.Yu., Shodiev T.Sh., Berkinov B.B.Ekonometrika: o’quv qo’llanma. –T.:IQTISODIYOT, 2018. -178 b.
2. Habibullaev I., Utanov B. Ekonometrika asoslari: o’quv qo’llanma. –T.: IQTISODMOLIYA. 2018. -192 b.
3.Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Pres, 2011. – 573 p.
4.Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5 th edition, 2009. –922 p.
5. Abdullaev O.M., Xodiev B.YU., Ishnazarov A.I. Ekonometrika. Uchebnik. –T.: Fan va texnologiya. 2007. – 612 s.
6. SHodiev T.SH. va boshqalar. Ekonometrika. –T.: TDIU, 2007. – 270 b.
7. Abdullaev O.M., Jamalov M.S. Ekonometricheskoe modelirovanie. Uchebnik. –T.: Fan va texnologiya. 2010. – 612 s.
Dostları ilə paylaş: |