Reja: Ekonometrikaga kirish


Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi



Yüklə 61,04 Kb.
səhifə3/8
tarix29.11.2023
ölçüsü61,04 Kb.
#169622
1   2   3   4   5   6   7   8
6-MAVZU. EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHDA QO’LLANILADIGAN AMALIY DASTURLAR PAKETLARINING XUSUSSIYATLARI.

2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
Ekonometrik usullar oddiy an’anaviy usullarni inkor etmasdan, balki ularni yanada rivojlantirishga va ob’ektiv o‘zgaruvchan natija ko‘rsatkichlarini boshqa ko‘rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullarning va kompyuterlarning milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob’ektga omillarning ta’sirini, natija ko‘rsatkichiga resurslarning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatish mumkin. Bu esa o‘nlab tarmoqlar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotni ilmiy asosda prognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.
Ekonometrik modellash iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgarish qonuniyatlarini, tendensiyalarni aniqlash natijasida ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlarni rivojlanish va prognozlash yo‘llarini belgilaydi.
Iqtisodiy ma’lumotlar dinamik qator yoki dinamik ustun ko‘rinishida tuziladi, ya’ni ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradilar. Kuzatuvlar soni omillar sonidan 4-5 marta ko‘proq bo‘lishi kerak.
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda etakchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan prognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo‘ladi.
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o‘rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. SHuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullari - dispersion tahlil, korrelyasiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o‘sish nazariyasi, ishlab chiqarish funksiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.
Ekonometrikani o‘rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.
Asosiy qo‘llanadigan usuli – korrelyasion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo‘nalishlar kompleksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik statistika;
- kompyuter texnologiyalari.

Yüklə 61,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin