Elash samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar Elash samaradorligi har xil kattalikdagi dastlabki zarrachalar aralashmasini
elovchi yuzada qay darajada ajralishini xarakterlovchi kattalikdir. Umumiy
holda,elash samaradorligi ma’lum sinfning elak osti mahsulotidagi miqdorini shu
sinfning dastlabki mahsulotdagi miqdoriga nisbatini ko‘rsatadi.
E= Q
e.o.
/ Q d.m.* 100, % (10)
Elak osti mahsuloti deb,dastlabki mahsulotdagi elovchi yuza teshiklaridan
kichik o‘lchamli mahsulotga aytiladi. Agar dastlabki mahsulotdagi elak osti
mahsulotining umumiy miqdori (Q
e.o
) shu mahsulot uchun granulometrik tarkib egri
chizig’idan) va uning og’irligi Qd ma’lum bo‘lsa, elash samaradorligi quyidagi
formuladan aniqlanadi:
E = 10
4
Q e.o. /Qd
(11)
Real sharoitda uzluksiz ishlaydigan boyitish fabrikalaridagi elak osti
mahsulotining og’irligini (massasini) aniqlash qiyin, shuning uchun elash
samaradorligi elak usti mahsuloti tarkibidagi elak osti mahsulotining miqdori, ya’ni
elak osti mahsulotining dastlabki va elak usti mahsuloti Q ning miqdori bilan
hisoblanadi.Bu holda elash samaradorligini hisoblash uchun quyidagi formuladan
foydalaniladi:
E = 10
4
(
-
)/
100 -
(12)
Shunday qilib, elashga tushayotgan mahsulot tarkibidagi ostki (quyi) sinf
miqdorini bilgan holda,shu sinfning elak usti mahsulotidagi miqdorini aniqlab,elash
samaradorligini hisoblab topish mumkin.
Elash samaradorligi elak ishining mexanik,texnologik parametrlariga va
elanayotgan mahsulot xossasiga,elakning ish tarkibiga,elash vaqtiga, elovchi
yuzaning ko‘rinishi va holatiga,elakning i/ch quvvatiga,mahsulotning namligiga va
h.k. larga bog’liq.