Elaklarning turlari, tuzilishi
va ishlashprintsiplari
Elaklar geometrik shakli,elovchi yuzaning hususiyati,uning gorizontal
tekislikka nisbatan joylashishi bilan bir-biridan farq qiladi.Elovchi yuzaning
shakliga qarab yassi,tsilindrik (barabanli) yoki yoysimon shakldagi elaklar
mavjud.Elovchi yuzaning joylashishiga qarab gorizontal va qiya, ba’zi hollarda
vertikal elaklarga bo‘linadi.
Mahsulotning elovchi yuza bo‘ylab harakatlanishi hususiyatiga qarab
qo‘zg’almas (ba’zi hollarda elovchi yuza ba’zi elementlarining harakatlanishi),
aylanma harakatli qo‘zg’aluvchi va to‘g’ri chiziqli harakatlanuvchi qo‘zg’aluvchi
elaklarga bo‘linadi.
Foydali qazilmalarni elashda ishlatiladigan elaklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
qo‘zg’almas panjaralar,valokli aylanuvchi barabanli,yassi tebranuvchi; yarim
vibratsion; vibratsion aylanma vibratsiyali; vibratsion to‘g’ri chiziqli vibratsiyali;
yoysimon va h.k.
Hamma elaklar engil,o‘rta va og’ir turdagi elaklarga bo‘linadi.
Ular sochma zichligi 1,16 va 2,7 t/m
3
bo‘lgan mahsulotni elash uchun
ishlatiladi.Ular xarflar va sonlar bilan belgilanadi.G-groxot; I-inertsion; S-
samobalansniy; R-rezonansniy; L-legkogo tipa; xarflardan keyingi birinchi son
elakning enini ko‘rsatadi: 1-750 mm; 2-1000 mm; 3-1250mm; 4-1500 mm; 5-1750
mm; 6-2000 mm; 7-2500 mm; 8-3000 mm; 9-3500 mm; 10-1000 mm; undan keyingi
son-elak to‘rlarining soni.
GIT41- groxot inertsionniy tyajelogo tipa,shirina groxota 1500 mm 1-
odnositniy.GIL -32-groxot inertsionniy legkogo tipa,shirina groxota-1250
mm,dvuxsitniy.
Qo‘zg’almas panjarali elaklar
Qo‘zg’almas panjarali elaklar alohida orasi ochiq panjaralardan tashkil
topib,gorizontga nisbatan 40-45 burchak ostida rudani elash uchun,30-35burchak
ostida ko‘mirni elash uchun o‘rnatiladi.Mahsulot panjaraning yuqori qismiga berilib
o‘z oqimi bilan harakatlanadi,bunda mayda mahsulot panjara orasidan o‘tib,yirik
mahsulot esa panjara ostidan ajratiladi.Bunday elaklar yirik mahsulotni elash uchun
ishlatiladi.Ikkita panjara orasidagi masofa 50 mm va undan ortiq bo‘lishi kerak.
Elakning kengligi dastlabki mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan
kamida 2-3 marta katta,uzunligi esa kengligidan 2 marta katta bo‘lishi kerak.Elovchi
panjaralarning panjaralari turli xil ko‘rinishga (profil) ega bo‘lishi mumkin:
trapetsiadal, dumaloq,kvadrat, "T" xarfi (tavroviy) ko‘rinishida va h.k. Panjara
sifatida oddiy temir yo‘l relslari ham ishlatilishi mumkin.Panjaralar bir-biridan
ma’lum masofada parallel holda joylashtiriladi va bir-biri bilan boltlar orqali
mahkamlanadi.
Elovchi panjaralarda elash samaradorligi 60-70% ni tashkil qiladi.
Elovchi panjaralarning i/ch quvvati elakning o‘lchamiga,mahsulotning xossasiga va
panjaralar orasidagi masofaga bog’liq.
Elovchi panjaraning i/ch quvvati quyidagi empirik formula bilan hisoblanadi.
Qo‘zg’almas panjarali tlaklar.
4-rasm 1-panjara;
2-siquvchi boltlar; 3-tirgaktrubkalar.
Q = 2,4
F
a (13)
bu erda: F - panjaraning yuzasi,m
2
a - panjaralar orasidagi masofa, mm.
Dostları ilə paylaş: |