1 MA’RUZA Elаsh jаrаyonining turlаri vа ulаrning mаqsаdi. Elаshdа
qo`llаnilаdigаn elоvchi yuzаlаr.
Elаshdа sinflаrgа аjrаtish. Elаsh sаmаrаdоrligi. Elаsh sаmаrаdоrligigа tа’sir
kiluvchi оmillаr.
Reja
1. Elash jarayonining asoslari.
2. Elashning turlari
3.
Elashning qo‘llanilishi
4.
Elаsh sаmаrаdоrligi
Tayanch iboralar
-
Elash jarayoni, elash samaradorligi, barabanli elakлар,
qo‘zg’almas panjarali elaklar,
ko‘zg’aluvchi podshipniklar; tub podshipniklar;
shkif; elektrodvigatel.
Elash - foydali qazilmaning yirikligiga qarab,bir
yoki bir necha elak orqali
elab,sinflarga ajratish jarayonidir.
Elashga tushayotgan mahsulot-dastlabki,elak
ustida qolgan mahsulot-elak
usti,elakdan o‘tgan mahsulot esa-elak osti mahsuloti deyiladi.
Elashda qabul qilingan elak ko‘zlari o‘lchamining kattadan kichikka tomon
ketma-ket qatori elash shkalasi,ikkita ketma-ket kelgan elak ko‘zlari o‘lchamining
bir-biriga nisbati shkala moduli deyiladi. Masalan:48, 24, 12, 6, 3, mm li shkala
uchun modul 2 ga teng; Mahsulotni n ta elakda elashdan so‘ng n+1
ta mahsulot
olinadi.
Elashningquyidagi
turlari
qo‘llaniladi:
yordamchi,tayyorlovchi,mustaqil,hamda boyitish mahsulotlaridan suvni ajratish
maqsadida ishlatiladigan elash operatsiyasi.
1. Yordamchi elashmaydalash va yanchish
sxemalarida ishlatilib, dastlabki
mahsulot tarkibidagi tayyor (maydalanishi kerak bo‘lmagan)
mahsulotni ajratish
yoki maydalangan mahsulot yirikligini nazorat qilish uchun ishlatiladi.Bunday
elashning birinchi turi-dastlabki,ikkinchisi esa nazoratlovchi elash deyiladi.
2.Tayyorlovchi elash dastlabki mahsulotni alohida-alohida boyitish maqsadida
sinflarga ajratish uchun ishlatiladi.
3.Mustaqil elash - elash mahsulotlari iste’molchiga
yuboriladigan tayyor
mahsulot hisoblansa mustaqil elash deyiladi, elashning bu turi ko‘pincha ko‘mirni
elashda ishlatiladi.
Suvsizlantirish maqsadida ishlatiladigan elash boyitish mahsulotlaridan suvni
birlamchi ajratishda keng ishlatilmoqda.
Dastlabki mahsulotning yirikligi va elak ko‘zining o‘lchamiga qarab
elashning quyidagi turlari mavjud.
1-jadval