1.Elektr texnologik qurilmalarning rivojlanish tarixi va elektr energetikadagi o‘rni
Elektr energiyasini iste’mol qilib, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirish orqali va shu vaqtning o‘zida texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun belgilangan qurilmalar elektrotexnologik qurilmalar deb ataladi. Bunday qurilmalar murakkab tuzilishga ega bo‘lib ularning tarkibiga ishchi organ, ya’ni plazmatron, plazmali reaktor, elektron to‘p, yoy va ion agregatlarining elektrodlar tizimi va belgilangan ish rejimini avtomatik ta’minlovchi yoki mikroprosessorli texnika yordamida boshqariluvchan maxsus energiya manbalari kiradi. Suv, gaz ta’minlash va vakum hosil qilish hamda uni saqlash tizimlari esa elektrotexnologik qurilmalar tarkibiga yordamchi jixoz sifatida kiradi. Elektrotexnologik qurilma qanday texnologik jarayonni bajarish uchun belgilangan ekanligini bilmay, uni talab doirasida montaj qilish, sozlash va ishlatish mumkin emas. Insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati va uy ro‘zg‘or extiyojlari elektrotexnologik qurilmalar bilan tobora ko`payib bormoqda. Bunday o`sish faqatgina mazkur qurilmalarga bo‘lgan extiyojning o‘sishi bilangina asoslanib qolmasdan, balki uglevodorodli yoqilg’i tan narxining ma’lum darajada oshishi, tashqi muhitni muhofaza qilish bo‘yicha aniq choralar belgilash zaruriyati, chiqindisiz texnologiyalar yaratish kabilar bilan ham bog‘liqdir.
Elektrotexnologik jarayonlarni rivojlantirish mamlakatimizning rivojlanib borayotgan energetik tizimini, yangi elektr stansiyalari va yuqori quvvatli elektr tarmoqlarini qurish orqali amalga oshiriladi.
2. Sanoat elektrotexnologik qurilmalarining turlari