Om qonuni. O’tkazgichlarning qarshiligi
Bir jinsli metall o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi o’tkazgichdagi kuchlanish tushuvi U ga proporsional bo’ladi:
I .
Bir jinsli o’tkazgich deb tashqi kuch ta’sir etmaydigan o’tkazgichga aytiladi. U o’tkazgichning uchlaridagi potensiallar ayirmasiga teng bo’ladi. Ifodadagi R o’tkazgichning elektr qarshiligi deyiladi. Qarshililik birligi 1Om bo’lib, u shunday o’tkazgichning qarshiligiki, bunda kuchlanish 1V bo’lganda o’tkazgichdan 1A tok o’tadi. Bir jinsli silindrsimon o’tkazgich uchun qarshilik
ga teng. Bu yerda: l — o’tkazgichning uzunligi, S — ko’ndalang kesim yuzasi, - o’tkazgich yasalgan materialning tabiatiga bog’liq bo’lgan koeffitsent, bo’lib buni solishtirma elektr qarshilik deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |