Elektr qarshilik — elektr zanjiri (yoki zanjir bir qismi)ning elektr tokka koʻrsatadigan aks taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik; omlarda oʻlchanadi. Elektr qarshilik elektr energiyasining boshqa tur energiyaga aylanishiga bogʻliq; elektr
energiyasi oʻzgarmaydigan jarayondagi elektr qarshilikni aktiv qarshilik, tok manbai energiyasi elektr yoki magnit maydonigauzatiladigan jarayonlardagi elektr qarshilikni reaktiv qarshilik deyiladi.
O`tkazgichning qarshiligi uning o`lchamlari, shakli va qanday materialdan yasalganiga bog’liq. Elektr o`tkazuvchanlikning klassik nazariyasiga muvofiq elektr qarshiligining mavjudligiga sabab harakatlanayotgan erkin elektronlarning kristall panjara tugunlaridagi musbat ionlar bilan to`knashishidir. Agar o`tkazgich qancha uzun bo`lsa, to`qnashishlar ham shuncha ko`p va demak elektr qarshiligi katta, agar o`tkazgichning ko`ndalang kesim yuzasi qancha katta bo`lsa, to`qnashishlar ehtimoli ham shuncha kam va demak elektr qarshiligi ham kichik bo`ladi. Xulosa qilib qo`yidagini yozish mumkin. Bir jinsli chiziqli o`tkazgichning qarshiligi R uning uzunligi l ga to`g’ri ko`ndalang kesim yuzasi S ga esa teskari proportsionaldir.
Dostları ilə paylaş: |