Reja: Elektr toki va uning paydo bo’lishi


O`tkazgich qarshiligining temperaturaga bog’liqligi



Yüklə 277,24 Kb.
səhifə17/19
tarix31.12.2021
ölçüsü277,24 Kb.
#50066
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
fizika

O`tkazgich qarshiligining temperaturaga bog’liqligi. O`tkazgichning solishtirma qarshiligi nafaqat materialning tabiatiga va balki uning temperaturasiga ham bog’liqdir. Solishtirma qarshilik va demak qarshilik ham temperaturaga chiziqli bog’liq

 Qizdirilganganda metallarning qarshiligi ortadi, sovutilganda esa kamayadi. Bunga sabab temperatura ortishi bilan ham erkin elektronlarning, ham kristall panjara tugunlaridagi musbat ionlarning issiqlik harakat tezligi ortishidir. Bu esa o`z navbatida ularning ko`proq to`qnashuviga, elektronlar energiyasining ko`proq yo`qotilishiga., yani elektr qarshiligining ortishiga olib keladi. Bir qancha metallar (Al, Pb, Zu va hakozalar) va ularning qotishmalarining kritik deyiluvchi juda past temperaturalarda Tk(0,14-20K) qarshiliklari sakrab nolgacha kamayishi  va ular o’ta-o`tkazuvchan bo`lib qolish kuzatilgan. Bu hodisa birinchi bo`lib 1911 yilda simob bug’lari uchun G.Kamerling-Onnes tomonidan kuzatilgan. O`ta o`tkazuvchanlik hodisasi kvant nazariyasi asosida tushintiriladi.

O`ta-o`tkazuvchanlik hodisasidan amalda foydalanish kritik temperaturaning pastligi natijasida qiyinchiliklar tug’dirmoqda. Lekin hozirgi paytda kritik temperaturasi 100K atrofida bo`lgan o`ta-o`tkazuvchan keramik moddalar mavjud. O`ta-o`tkazuvchanlik hodisasini amalda qo`llash juda ulkan mablag’ni iqtisod qilishini e’tiborga olib bu soxada jadal izlanishlar olib borilmoqda.  


Yüklə 277,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin