Avtoto‘ldirish (avtomatik to‘ldirish) markeri MS Excel 2013 dasturida shunday bir maxsus imkoniyat borki, bu avtomatik to‘ldirish deb ataladi. Avtomatik to‘ldirish diapazon yacheykalariga sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtiradi. Buning uchun to‘ldirish markeri ishlatiladi. U faol yacheykaning o‘ng burchagida joylashgan kichiq kvadratdan iborat. Ayrim hollarda yacheyka ichidagi ma’lumotlarni qo‘shni yacheyka (diapazon)ga ko‘chirishga ham to‘g‘ri keladi. qo‘shni yacheyka yoki diapazonga ko‘chirish usullaridan biri tanlangan yacheykalar to‘plamini to‘ldirish markerini olib o‘tishdir. Bunda Excel berilgan yacheykalardagi ma’lumotlarni olib o‘tishda ajratib ko‘rsatilgan yacheykalarga nusxasini ko‘chiradi.
To‘ldirish markerining asosiy xususiyati — uning yordamida qator yoki ustunlarga berilgan kattaliklarni kamayib va o‘sib boradigan sonlar yoki sanani oson va tez kiritishni ta’minlashdir.
Masalan, S ustunga birinchi unta juft sonlarni kiritish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
· S1 va S2 yacheykalarga mos ravishda birinchi 2 ta juft sonni kiritish.
· Har ikkala yacheykani ajratish.
· Avtoto‘ldirish markerini sakkiz yacheyka pastga olib o‘tish.
Formula berilishi Excelda tayyorlanadigan ma’lumotli jadvallar matn yoki sonlar bilan to’ldirilishini aytib o’tdik. Ba’zan yacheykalardagi qiymatlar ustida ayrim hisoblashlarni bajarish zaruriyati tugiladi, bunday vaziyatda formulalardan foydalaniladi.
Excel yacheykasidagi formulaning dastlabki simvoli hamma vaqt «=» (tenglik) xisoblanadi. So’ngra, arifmetik operatsiya belgilari bilan o’zaro boglangan arifmetik ifodalar teriladi. Masalan, N8 yacheykasida
=A5 + 4 * B6
formula yozilgan bo’lsa, N8 ning qiymati A5 va to’rtta B6 ning yigindisidan iboratligidan dalolat beradi.
Excelda ishlatiladigan arifmetik amal belgilari quyidagilar:
+ (qo’shish);
— (ayirish);
* (ko’paytirish);
/ (bo’lish);
l (darajaga ko’tarish).