Reja: Elektron platformalar va ularda ishlash


PLATFORMADA TEST TOPSHIRISH VA NATIJALARNI BILISH



Yüklə 15,8 Kb.
səhifə5/6
tarix14.09.2023
ölçüsü15,8 Kb.
#143458
1   2   3   4   5   6
Reja Elektron platformalar va ularda ishlash-fayllar.org

PLATFORMADA TEST TOPSHIRISH VA NATIJALARNI BILISH
Kursning deyarli har bir qismi avtomatlashtirilgan test protsedurasi bilan yakunlanadi. Test topshiriqlarining aksariyati avtomatik ravishda baholanadi. Topshiriqni o‘zgartirganda testni qayta baholash mumkin. O‘qituvchi test bilan ishlashda turli cheklovlarni belgilashi mumkin: testning boshlanishi va tugashi, urinishlar orasidagi vaqt kechikishi, urinishlar soni, kirish uchun parol, faqat ma’lum bir tarmoq manzillaridan kirish. O‘qituvchi testdan o‘tishga urinishlar sonini sozlashi, har xil sharoitlarga qarab individual javoblarga ham, barcha testlarga ham sharhlarni ko‘rsatishi mumkin. Keyingi urinishlar avvalgi javoblarni hisobga olishi mumkin. Bir urinish davomida talabalar testni bir necha usulda bajarishlari mumkin. O‘qituvchi talabalarning javoblari va ular o‘tkazgan vaqt haqida batafsil ma’lumot olishi mumkin.
ELEKTRON POCHTA OCHISH
Avvalom bor platformga kirish uchun elektron po‘chta ochib olish zarur bu pochta sizga qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi. Maslan platformada turli suxbatlar, savol-javoblar va turli yangiliklardan boxabar bo‘lib turish imkonini tug‘diradi. Demak biz elektron po‘chta ochib olishni boshlaymiz.
ONLAYN TA’LIM UCHUN ZOOMDAN FOYDALANISH
Zoom - bu videokonferensiyalar, onlayn uchrashuvlar va guruh suhbatlari uchun xizmat qiladi.
Zoom patformada quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
 Integratsiyalangan HD video va audio. Tashkilotchi mikrofonni o‘chirishi va ovozini o‘chirishi, shuningdek videoning ovozini o‘chirishi va barcha ishtirokchilardan videoning ovozini o‘chirilishini so‘rashi mumkin;
 Ekran opsiyasi (bir yoki bir nechta ishtirokchi);
 O‘rnatilgan interaktiv doska, siz osongina va tezda ekran almashinuvidan doskaga o‘tishingiz mumkin;
 Xatlar yozish, fayllarni hammaga uzatish yoki bitta talabani tanlash mumkin bo‘lgan suhbat;
 Yozib olish (mp4 formatida) va videokonferensiyalarni transkripsiyalash kabi ikoniyatlar yaratadi.
Sarlavha: ZOOM bulutli uchrashuvlar.
Rasmiy sayt: https://zoom.us
Yuklab olish sahifasi: https://zoom.us/download
Narxi: asosiy versiyasi bepul.

Yüklə 15,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin