Reja: Elektron platformalar va ularda ishlash



Yüklə 15,8 Kb.
səhifə2/6
tarix14.09.2023
ölçüsü15,8 Kb.
#143458
1   2   3   4   5   6
Reja Elektron platformalar va ularda ishlash-fayllar.org

E-learning (Electronic Learning - ingl. iboraning qisqartirilgani) - elektron o’qitishtizimi, elektron o’qitish, masofali o’qitish, kompyuterli o’qitish, tarmoqli o’qitish, virtual o’qitish, axborot va elektron texnologiyalarini qo’llab o’qitish kabi atamalarining sinonimidir.
YuNeSKO mutaxassislari tomonidan berilgan “e-Learning –Internet va multimedia yordamida o’qitish” ta’rifi ham mavjud. Bu mazmunan juda ko’p ma’noni anglatishi mumkin, jumladan:
► shaxsiy kompyuter, mobil telefon, DVD, audio-video, radiotelevizorlardan foydalanib elektron materiallar bilan mustaqil ishlash;
► uzoqdagi o’qituvchidan maslahat olish, masofadan muloqot qilish imkoniyati;
► umumiy virtual o’quv faoliyatini yurituvchi foydalanuvchilarning taqsimlangan jamoasi (ijtimoiy tarmoq)ni yaratish;
► elektron o’quv materiallarni o’z vaqtida kunu-tun yetkazish;
► elektron o’quv materiallari va texnologiyalari, masofali o’qitish vositalari uchun me’yorlar va spetsifikatsiyalar;
► barcha tashkilot rahbarlari va bo’limlari guruhlarining axborot
madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish hamda ular tomonidan
axborot texnologiyalarini egallashlari, o’zlarining odatdagi
faoliyatlarini samaradorligini ko’tarish;
► innovatsion pedagogik texnologiyalarni egallash va tarqatish,
ularni o’qituvchilarga uzatish;
► o’quvveb-ashyolarni rivojlantirish imkoniyati;
► dunyoning ixtiyoriy nuqtasida turib ixtiyoriy vaqtda va ixtiyoriy
joyda zamonaviy bilim olish;
KURS FAOLIYATINING UMUMIY ELEMENTLARI
Kurs elementlari interaktiv modullar bo‘lib, uning yordamida o‘qituvchi o‘z kursida o‘quv jarayonini tashkil qiladi (dars materiallarini joylashtiradi, test sinovlarini o‘tkazadi, talabalar bilan muloqot qiladi). Tizimda har qanday turdagi kurslarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan turli xil modullar mavjud va o’quvchi ham bu modullardan foydalanishi mumkin (o‘quvchi sifatida):
• Forum • Chat • So‘rovnoma • Test • Ma’ruza (Dars) • Topshiriqlar va vazifalar • Lug‘at • Ma’lumotlar bazasi • Anketa • Interenet havola • Kitob • Word hujjatlar uchun havola
Forum - turli xil tuzilmalarga ega bo‘lishi va postlarni baholashga imkon berishi mumkin. Forumdagi xabarlarni to‘rt xil formatda ko‘rish mumkin va fayl qo‘shimchalarini o‘z ichiga oladi. Forumga obuna bo‘lish orqali ishtirokchi elektron pochtasiga barcha yangi xabarlarning nusxalarini oladi. O‘qituvchi, agar kerak bo‘lsa, barchani forumga obuna bo‘lishga majbur qilishi mumkin.
Chat - kurs qatnashchilariga real vaqtda onlayn rejimida munozaralar olib borish imkoniyatini beradi. Bu o‘quvchilar materialni qanday o‘rganganligi to‘g‘risida ma’lumot olishning qulay usuli. Modulda munozaralarni boshqarish va ko‘rish uchun bir nechta variant mavjud.

Yüklə 15,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin