Dvigatelni tiristorli ishga tushiruvchi qurilmalardan foydalanib boshqarish sxemasi.
Dvigatelning o’tish jarayonlaridagi tok va momentni o‘zgarishining istalgan grafigini
shakllantirishning samarali usuli, uning statoridagi kuchlanishni tiristorli ishga tushiruvchi
qurilmalar (TITQ) yordamida rostlashdir. Bu ko’p holatlarda dvigatelni ishga tushirishdagi tok
va momentni chegaralash (“engil” ishga tushirish usuli) uchun ham ishlatiladi. SHu bilan birga,
ushbu qurilmalar yordamida dvigatelni ishga tushirishda momentni ortirishni ham ta’minlashi
2.3- rasm. Ikki tezlikli asinxron dvigatelni boshqarish sxemasi
mumkin (“og’ir” ishga tushirish usuli).
2.4-rasmdagi sxemaga ikki juft tiristorlar qo’shib ulanganda, dvigatelning reversiv
boshqarish sxemasi xosil qilinadi. Sxema dvigatelni ikki yo’nalishda aylanish imkoniyatni beradi.
Qurilmaning ushbu sxemasi asosida, dvigatelni dinamik to’xtatishni ham ta’minlash mumkin.
Bu usulni tasvirlovchi elektr yuritmaning sodda-lashtirilgan sxemasi 2.4- rasmda
keltirilgan. Tiristorli ishga tushirish qurilmasi kuchlanish
U
1
bo’lgan manba (o’zgaruvchan tok
tarmog’i) bilan dvigatel statori orasiga ulanadi. Noreversiv qu-rilmada uning kuchli tokli qismini
qarama-qarshi paralel ulangan tiristorlar VS1-VS6 ning uchta juftligi hosil qiladi. Ularni
boshqarish, impuls fazoviy boshqarish tizimi (IFBT) dan kelayotgan kuchlanish impulslari orqali
amalga oshiriladi. Bu tiristor-larni boshqarish burchagini vaqt bo’yiga o’zgarishi xisobiga sodir
bo’ladi. Ishga tushirishdagi kuchlanish turli qonuniyatlar bo’yicha o’zgarishi mumkin - nuldan
tarmoq kuchlanishigacha chiziqli o’sishi, butun ishga tushirish mobaynida kamaytirilgan xolatda
bo’lishi yoki buster varianti deb nomlanuvchi xolat bo’yicha o’zgarishi, bunda dvigatelni ishga
tushirishni engillashtirish uchun, unga jarayon boshida boshqa qandaydir pog’onasimon
kuchlanish beriladi, keyinchalik u chiziqli qonuniyat bo’yicha o’sib boradi. Yopiq tizimda esa,
stator tokini berilgan darajada ushlab turish ham ta’minlanadi.
Nazorat savollari
1. EMT va komplekslarning rele-kontaktorli boshqarishni tushuntiring.
2. Boshqarish sxemasini keltiring.
3. Revers sxemani ishlash prinsipini tushuntiring.
4. Tiristorlarni qo’llash asosi nima?
Dostları ilə paylaş: |