SB2 bosiladi, kontaktor
KM manbadan
uziladi va dvigatelni tarmoqdan uzadi. Dvigatelni, uning validagi yuklama momenti ta’siri ostida
to’xtatish jarayoni boshlanadi.
Asinxron dvigatelning reversiv boshqarish sxemasi. Bu sxemaning asosiy elementi
reversiv magnit ishga tushirgich bo’lib, u o’z ichiga ikkita chiziqli kontaktor
KMI va
KM2 larni,
hamda ikkita ximoyalash issiqlik relesi
KK ni oladi (2.2-rasm). Sxema dvigatelni bevosita ishga
tushirish va reverslashni, shuningdek dastaki boshqariladigan (avtomatik bo’lmagan) teskari
ulanishli to’xtatishni ta’minlaydi.
2.2 - rasm. Asinxron dvigatelni reversivmagnit ishga tushirgichdan foydalangan xolda boshqarish sxemasi Sxemada dvigatelni o’ta yuklamadan (rele
KK) va stator (avtomatik o’chirgich
QF) va
boshqarish (saqlagichlar
FA) zanjirlaridagi qisqa tutashuv-dan, hamda tarmoq kuchlanishning
yo’qolishidan (yoki kamayishidan) nul himoya (kontaktor
KM1 va
KM2) lar ko’zda tutilgan.
Dvigatelni avtomatik o‘chirg‘ich
QF ulangan holda shartli “Oldiga” va “Orqaga”
yo‘nalishlarida ishga tushirish mos ravishda tugmacha
SB1 va
SB2 larni bosish bilan amalga
oshiriladi. Bu kontaktor
KM1 yoki
KM2 larni ishga tushirishga, dvigatelni tarmoqqa ulanishiga
va uni tezlashishiga olib keladi.
Dvigatelni reverslash yoki to’xtatish uchun oldin tugmacha
SB3 bosi-ladi va bu shu
paytgacha ulanib turgan kontaktorni (misol uchun,
KM1) uzilishiga olib keladi, shundan so’ng
tugmacha