Reja: Ertak o’zi nima? Ertak turlari haqida tushuncha? Ertaklar yuzasidan qisqa savol-javob. Ertak o’zi nima?



Yüklə 90,91 Kb.
səhifə3/3
tarix07.08.2022
ölçüsü90,91 Kb.
#63043
1   2   3
Ertak matn tahlili

Maishiy –hayotiy ertaklar

Maishiy – hayotiy ertaklar. Bu ertaklarning mazmuni bеvosita rеal hayotga bog’liqdir. Ularda rеal ijtimoiy voqеlik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy rеal kishilar bosh qahramon bo’lib kеladi. Maishiy-hayotiy ertaklar ortiqcha uydirmalardan dеyarli xoli bo’lib, ularda ayrim hollardagina fantastik dеtallar uchrashi mumkin.

Maishiy-hayotiy ertaklarda voqеlik makoni aniq shahar yoki qishloqda kеchadi, aniq qahramon ishtirokida yuz bеradi. Ular mazmun-mundarijasi va g’oyaviy yo’nalishi, obrazlariga ko’ra sеhrli-fantastik va hayvonlar haqidagi ertaklardan farq qiladi. Ularda aniq shaxsning o’z aql kuchi, tadbirkorligi, chidam va matonati, yuksak insoniy fazilatlari tufayli murod-maqsadiga еtiShuvi ko’rsatib bеriladi. Shu sababli maishiy-hayotiy ertaklar syujеtini ijtimoiy-maishiy mazmundagi voqеlik tashkil etadi. Ularning aksariyatida jamiyatdagi ijtimoiy kamchiliklar, nosozliklar, mеhnat ahlining hukmron tabaqa vakillaridan noroziligi umumlashma obrazlarda ochib bеriladi. Bunday ertaklarning aksariyati tanqid qilishga asoslanganligi tufayli shartli ravishda hajviy ertaklar dеb yuritiladi. Biroq aytish joizki, maishiy ertaklarning barchasi ham tanqidga asoslanmagan, shu vajdan bunday ertaklar o’zbеk folklorshunosligida shartli ravishda tanqidga asoslangan ertaklar tarzida yuritiladi.

Ertakning tuzilishi

Umumiy ma'noda, ertak yoki hikoya tarkibining quyidagi qismlari ma'lum:

1. Dastlabki holat;

2. Mojaro;

3. Natija yoki echim;

4. Axloqiy (bu hikoyadan oldin yoki keyin bo'lishi mumkin).

Ertakning elementlari

Ertak quyidagi elementlarga ega:

1. Uchinchi shaxs rivoyat qiluvchi, shuningdek jazo chorasini ko'ruvchi;

2. Belgilar (inson, ilohiy, hayvon yoki jonlantirilgan narsalar);

3. Tadbirlar

Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi

  • Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o‘tkazilibdi. Kengash butun mamlakatga e’lon qilingan ekan. Bir dehqon yigit men ham qatnashay, sovringa ega bo‘lsam, bir qo‘shho‘kiz olardim, deya niyat qilibdi. Shohona darvoza oldiga kelib, qo‘lidagi o‘roq, yelkasidagi ketmonni yerga qo‘yib, „Bismilloh“, deb ichkari kirib, safga qo‘shilibdi. Bahs avjiga chiqqan ekan.
  • O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilan o‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta’zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a’yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda bahsda qatnashayotgan bir kishi o‘rnidan turib:
  • – Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomonlik keladi, – degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq yoradigan hakamlar qarsak chalib olqishlashibdi. Shoh ham qarsak chalibdi.
  • Navbat dehqon yigitga kelibdi.
  • – Yaxshilik qil! Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi, – deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘yibdi. Atrofdagilar qarsak chalishibdi. Shoh esa o‘rnidan turib qarsak chalibdi.
  • – Shohanshohim, – deb so‘rabdi hakamlardan biri. – Birinchi ishtirokchi o‘z so‘zini aytganida yengilgina qarsak chaldingiz, ikkinchi qatnashchi so‘zini aytganida esa o‘rningizdan turib ketdingiz. Sabab ne? Buni biz – ha-kamlarga ayting, – debdi.
  • – Aslida ikkovlari ham foydali so‘zni aytishdi, lekin birinchisi „yomonlik“ deyishi bilan negadir qalbim muzlab ketgandek bo‘ldi. Ikkinchisi yaxshilik degan so‘zni aytishi bilan qalbimdagi muz erib ketgandek bo‘ldi. Shuning uchun o‘rnimdan turib qarsak chaldim. To‘g‘ri so‘zni, chiroyli so‘zni yoqimli qilib aytgani uchun birinchi sovrin shu dehqon yigitga berilsin, –deb farmon beribdi.

Yüklə 90,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin