mumkin –u o’tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt - voqealar yuz beruvchi
joy. Qadimgi
yunon faylasuflari materiya, harakat, makon va vaqtni mustaqil substantsiyalarga ajratuvchi bu
g’oyalar keyinchalik Nyuton klassik mexanikasida rivojlantirildi. XVIII-XIX asrlarda substantsional kontseptsiya –
mutlaq makon va vaqt kontseptsiyasi falsafada tabiatshunoslikda yetakchilik qildi. Bu o’z mohiyatiga ko’ra
metafizik
kontseptsiya edi, chunki u harakatlanuvchi materiya, makon va vaqtning aloqadorligini e’tiborga
olmas
edi. Mazkur kontseptsiyaga ko’ra, materiyadan tashqarida sof makon yoki moddiy jarayonlar bilan mutlaqo bog’liq
bo’lmagan vaqt mavjud bo’lishi mumkin edi. SHunga qaramay, makon va vaqt haqidagi bu
tasavvurlar muayyan
empirik asosdan xoli emas edi. Odatdagi tajriba va past tezliklar sohasida, makrodunyoda (makrodunyo
esa inson
yashaydigan asosiy muhitdir) makon, vaqt va harakatlanayotgan narsa o’rtasida bevosita aloqa kuzatilmaydi. Ob’ekt
muayyan joydan uzoqlashishi mumkin, lekin buning natijasida makon o’zgarmaydi va yo’qolmaydi.
Vaqt ham
shunday tushuniladi, u ob’ektlarga bog’liq emas. SHuning uchun ham bunday
yondashuvlar saqlanib qolgan,
ayniqsa, tabiatshunoslik mikrodunyoni o’rganishga hali yaqinlashmagan sharoitda keng tarqalgan.
Ammo dialektik tafakkur sohibi bo’lgan F.Gegel bunday yondashuvlarni qat’iy inkor etgan. U makon
mustaqil bo’lishi
mumkin emasligini qayd etgan, vaqt haqida esa shunday degan: «hamma narsa vaqtda yuzaga
kelmaydi va yuz bermaydi, balki vaqtning o’zi shu shakllanish, yuzaga kelish va yuz berishdir»
2
va bu e’tirozlarida
F.Gegel haq edi. Umuman, Gegelning ob’ektiv idealizmida makon va vaqtga e’tibor qaratmagan, chunki u vaqtdan
tashqari, boqiy, «sof mantiqiy» xususiyatga ega bo’lgan bilimlarning mutlaq tizimini yaratishga harakat qilgan.
Dostları ilə paylaş: