davrlarda: kimdir o’tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik
taniqli futurolog E.Toffler e’tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er aholisining 70% o’tmishda (turli o’tmishda), 25% -
hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar bo’lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»
4
.
Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar
va konstantalar mavjudligida.
Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo’linadi. U kishilik jamiyatining
o’zgaruvchan informatsion sig’imiga bog’liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi,
ya’ni ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi –
faoliyat turlarining
miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o’zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi
sifatida ko’rsatilishi bilan bog’liq fikrlarga ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt aloqasi hamma joyda har xil
bo’lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: