Mazvu: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
«Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni.
Dunyokarash va uning tarixiy turlari.
Falsafaning soxalari.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga yaxshi ma’lum bo’lgan, buyuk alloma Pifagor ishlatgan.
Falsafa yunoncha «filio» -sevaman, «sofiya»-donolik suzlaridan olingan bulib, donolik, donishmandlik bilan shugullanish deb karaladi.
Donishmandlikning uzi nima? Diogen (e.o. 400-325) : «Xakikiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni sevguvchilarmiz»-degan.
Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug’ullanishidan qat’i nazar, filosofiya deb ataganlar.
Olamning asosida nima yotadi, uning mohiyati nimadan iborat degan masalada monizm, dualizm, plyuralizm, materializm va idealizm kabi qator falsafiy qarashlar shakllangan.
Monizm (yunoncha — monos, ya’ni yakka ma’nosini anglatadi) — olamning asosi yakayu-yagona sababga, bitta asosga ega deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limotdir.
Dualizm (lotin tilida dua, ya’ni ikki degan ma’noni ifodalaydi) — olamning asosida ikkita asos, ya’ni modda va materiya bilan birga ruh va g’oya, ya’ni ideya yotadi deyuvchi qarash.
Plyuralizm (lotin tilida plyural, ya’ni ko’plik degan ma’noni anglatadi) — olamning asosida ko’p narsa va ideyalar yotadi deb e’tirof etadigan ta’limotdir.
Materializm — olamning asosida materiya, ya’ni moddiy narsalar yotishini e’tirof etadigan, moddiylikni ustuvor deb biladigan ta’limot.
Idealizm — olamning asosida ruh yoki g’oyalar (ideyalar) yotadi, dunyo voqeligi va rivojida ideyalarni ustuvor deb ta’lim beradigan falsafiy ta’limot.
Falsafada dunyoni anglash, uning umumiy qonuniyatlarini bilish bilan bog’liq masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar bilan falsafaning gnoseologiya (gnosis — bilish, logos — ta’limot) degan sohasi shug’ullanadi.
Dunyoni bilish mumkin deb hisoblaydigan faylasuflarni – gnostiklar; olamni bilish mumkin emas, bilimlarimiz to’g’ri va aniq haqiqat darajasiga ko’tarila olmaydi deyuvchilarni esa – agnostiklar (yunoncha — bilib bo’lmaydi degan ma’noni anglatadi) deb yuritiladi.
Dunyokarashning tarixiy tiplari:
1. Mifologik. 2. Diniy. 3. Falsafiy.
1.Mifologiya (yunoncha metos naql, rivoyat, logos, ta’limot degani)
2.Diniy dunyoqarash din tabiat, jamiyat, inson uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof – muxitdan tashqari bo‘lgan uni yaratgan, insonlarga to‘g‘ri hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan qarash, ta’limotdir.
3.Falsafiy dunyoqarash dunyoni, borliqni ilmiy jihatdan umumlashtirib tushuntiruvchi nazariy qarashlar tizimidir.
Dialektika – grek tilida baxs va suhbatlashish san’ati degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo’li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o’zgarishda, o’zaro aloqadorlik va bog’liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda deb tushunishdir.
Ontologiya (yunoncha ontos – mohiyat, logos – tadqiqot, borliq, uning mohiyati, shakllari, asosiy tamoyillari va eng umu-miy kategoriyalari haqidagi ta’limot.
Gnoseologiya – (gnozis – bilish, logos – ta’limot) bilish haqidagi inson tafakku-ri faoliyati qonunlarini o‘rganadi.
Sofistika — qadimgi Yunoniston falsafasida vujudga kelgan tafakkur usulidir. Ko’pgina darslik va qo’llanmalarda bu ibora yunon tilidagi «sopism» so’zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to’g’ri kelmaydigan, ko’chma ma’no-mazmunga erishish usuli, deb ta’kidlanadi.
«Teologiya» (teo — xudo, logos — ta’limot degani)
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to’g’risidagi falsafiy ta’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa) va tafakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyatlari), ularning mazmunidan qat’i nazar, xolis o’rganuvchi ta’limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tamoyillari, talab va tartib-qoidalari to’g’risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jamiyat va inson hayotida go’zallikning o’rni, qonun-qoidalari to’g’risidagi qarashlar majmui.
Dostları ilə paylaş: |