1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)
Rene Dekart ratsionalizmi parchalar: R.Dekart haqu haqiqatni kitoblardan emas, hayotdan, aqlu idrokdan qidirgan. Lekin bu faylasuf kitoblar o‘qimagan, falsafiy ta’limotni bilmagan degan fikrga olib kelmaydi.
Har kim o‘z aqlicha etuk aql egasidir, undan yuksagini uning aqli qabul qilolmaydi. “Shunchaki aql egasi bo‘lish etarli emas, eng muhimi aqlni ishlata bilishdadir”. Ishlaydigan aql izlanishga, o‘zini o‘zi boyitishga moyildir.
Bilishning asosiy metodiniR.Dekart:
1. Shubha uyg‘otadigan hech nimani haqiqat deb qabul qilmaslik;
2. O‘rganilayotgan narsani to‘g‘ri anglash uchun qancha zarur bo‘lsa, shuncha bo‘laklarga ajratish;
3. Oddiydan murakkabga borish;
4. Ob’ektning barcha tomonlarini, hech nima e’tibordan xoli qolmaydigan tarzda qamrab olishda ko‘radi.
Bu F.Bekonning induksiyasi va empirizmidan farq qiladi; unda shubha, klassifikatsiyalash, deduksiya, sintez ko‘zga tashlanadi. Ming afsuski, faylasuf tajriba, eksperimentni nazarda tutmaydi, natijada bilish intellektual voqelik sifatida qolib ketadi.
Illatlarni men tana xastaligini aniqlashdan qiyin bo‘lgan ruh xastaligidir deb atayman. Biz tanamiz sihat-salomatligini yaxshi bilamiz, lekin aqlimiz sog‘ligini hech qachon bilmaymiz.
Xulosa. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an’anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta’sirida hal qilishga harakat qilgan.
Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz - inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda olam va odam masalasiga ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.
Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.