Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə46/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Bekon ta’limoticha, olim chumoliga o‘xshab faqat yig‘ish va yig‘ilganlar bilan kifoyalanmasligi, o‘rgimchakka o‘xshab hayotdan ajrab, faqat o‘zining shaxsiy aqli bilan o‘zining makrli falsafasini to‘qimasligi kerak. Bekon ta’limoticha, olim asalariga o‘xshab gullardan olib keyin ularni asalga aylantirishi lozim.
Bekon o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo‘yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori bo‘lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivojlanishi o‘ynaydi.
Fransuz falsafasi. O‘rta asrlardagi Evropa falsafasi taraqqiyotida Fransiyada shakllangan milliy falsafa maktabi nihoyatda katta o‘rin tutadi. Bu borada R. Dekart, Lametri, Gelvetsiy, Didro, Golbax va Russolarning qarashlari nixoyatda muxim.
RENE DEKART (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga o‘zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo‘yadi.
Dekart bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» substansiya va moddiy yoki «ko‘lamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substansiya parallel mavjuddir. Ularni o‘rganish bilan metafizika va fizika shug‘ullanadi. Metafizika avvalo ma’naviy substansiyani, u bilan bog‘liq bo‘lgan bilish va borliq tamoyillarini o‘rganadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, erda hayotning rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi ta’limotni o‘z ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga bo‘ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o‘rganadi (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi).
Dekart ilgari surgan kosmogoniya haqidagi ta’limot zamirida quyosh tizimining tabiiy rivojlanishi g‘oyasi yotadi. Uning fikricha, bu rivojlanish materiya va uning turli jinsli zarralari harakati bilan belgilanadi. Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb hisoblaydi. Harakatni Dekart mexanik jarayon – jismlarning makonda ko‘chishi sifatida tushunadi. Shunday qilib, R.Dekart o‘z-o‘zi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning ko‘lamliligi sifatida tan oladi, lekin harakatni jismlarning boshqa jismlarga nisbatan ko‘chishi sifatida tushunadiki, bu makonni bo‘shliq sifatida tan olishni anglatadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin