Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə84/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

Sofistika — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib, uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Masalan, Aristotelning yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang, seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Sofistika mavjud bilimlar tizimidan ziddiyatlarni siqib chiqaradi, bu bilan eski va yangi bilimlarni murosaga keltiradi. Sofistika inson bilimi doirasida cheksiz relyativizmni ulug‘laydi. Predmet haqida har narsa deyish mumkin. Qanday maqsad ko‘zlanmasin, so‘zlar ifodasida hech qanday chegara yo‘q (masalan, asal — shirin; asal — achchiq; qo‘rg‘on — aylanasimon, qo‘rg‘on — to‘rtburchak va h.k.) Shunga ko‘ra sofist — mohir usta, so‘zamol donishmand ma’nolarini anglatadi.
Sofistikaga faqat salbiy munosabatda bo‘lish noo‘rindir. U odatda yangi g‘oya, nazariya va turmush sharoitining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Sofistika bilish tizimidagi mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash, eski bilim tizimini qayta qurishda zaruriy element sifatida namoyon bo‘ladi. Sofizm muayyan, yaxlit xususiyatga ega, chunki hodisaga ta’sirchan bo‘lib, eski narsa xavf ostiga olinadi. Shuning uchun har qanday sofizm o‘ziga xosdir.
Sofistika qadimgi Evropa tafakkur uslubining asosi bo‘lib xizmat qildi. Ammo sofistikani tanqid qilish orqali antik davr falsafasi dunyoning yangicha konsepsiyasiga erishdi. Bu konsepsiya fikr va borliq ayniyligiga asoslanadi. U Aristotel falsafasida o‘zining nihoyasiga etdi va nasroniylikda mustahkamlandi. Shu ma’noda, sofistika insoniyat tafakkurining umumiy taraqqiyotida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega.
EKLEKTIKA”. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir.
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an’analar, ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi.
SINERGETIKA. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmoqda. Sinergetika so‘zi yunoncha ("sinergena") bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha sinergetika hamkorliqdagi harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qilinadi.
Barcha ta’limotlar paydo bo‘ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken sinergetikasi ham vorisiylikka asoslangan. Uning davomi bo‘lgan I.Sherringtonning sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning sinergetik yo‘nalishlari ana shular jumlasidandir.
I.Sherrington sinergetik yoki integrativ tafakkurni muskullar harakatining boshqaruvida (orqa miya) asab tizimidagi kelishilgan ta’sirni izohlash usulidir, deb tushunadi.
S.Ulam esa, EHMning birinchi avlodi vakillaridan biri bo‘lib, u sinergiyaning, ya’ni mashina va uning operatori orasidagi uzluksiz hamkorlikning foydaliligi, ahamiyatining hozirgi davrdagi ta’siriga e’tiborni qaratadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin