Reja: Falsafa fanining mazmuni, funksiyalari va yangi soxalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə90/96
tarix07.01.2024
ölçüsü0,77 Mb.
#206200
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96
1 mavzu Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Falsafiy (1)

STRUKTURA deb, muayyan murakkab bir butunning elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning nisbati, barqaror usulini aytamiz. Struktura ob’ektning ichki, tashqi aloqalarning tartibga solinganligini aks ettiradi. Bunda barqarorlik, sifat muayyanlik bo‘lishi ta’minlanadi. Bunday aloqalarning xilma-xillari sistemalashgan ob’ektlarda sodir bo‘ladigan barcha jarayonlarga singib, kirishib ketadi. Struktura real tarzda mavjud bo‘lgan barcha ob’ekt va sistemalarning ajralmas xususiyatlaridir. Masalan, materiya muayyan struktura tuzilishiga ya’ni mikrozarralar sistemasiga ega. Ilmiy falsafa hamma moddiy sistemalarning strukturali tuzilish va rivojlanishining eng umumiy qonunlarini ochadi, o‘rganadi va o‘rgatadi. Endi mohiyat va hodisa kategoriyalari ustida to‘xtalamiz. Mohiyat va hodisa narsa, jarayonlarning turli jihatlarini, ularni bilish bosqichlarini o‘rganilayotgan ob’ektning tub ma’nosiga etish chuqurligining turli darajalarini ifodalaydigan kategoriyalardir. Mohiyat deb, ayni narsaga xos bo‘lgan qonunlarning yaxlitligini, narsa, hodisaning turli jihatlarini bir butun qilib, birlashtiradigan biror narsa yoki jarayonga singib ketgan va uni shu narsa hodisadangina iborat qilib turgan ichki, zaruriy, nisbiy barqaror bog‘lanishni ifodalovchi kategoriyaga aytiladi. Masalan, hayotning mohiyati modda almashishdir.
MAZMUN deb, hodisa yoki voqeaning negizi uning barcha sifat xususiyatlarini belgilab beruvchi, uning barcha sistemalari elementlarida yaxlit bo‘lib ko‘rinadigan eng muhim jihat, asosni aytamiz. Ya’ni hodisa yoki voqeaning ichki holatlarini yig‘indisidir. Masalan, ho‘l yoki qurug‘ mevaning mazmuni uni tashkil etgan ozuqa moddalari, shakli esa ko‘rinishi, rangi vaznidir. Atomning mazmuni uni tashkil etgan elementar zarrachalar, ularning harakati bo‘lsa, shakli bularning joylashish tartibi, strukturasidan iborat.
SHAKL deb, mazmunning yashash usulini, uning tuzilishini, tashqi ko‘rinishini aytamiz. Shakl - buyum va hodisalarning tuzilishida namoyon bo‘lib mazmunning mavjudlik usulidir. Mazmun bilan shakl birlikda, ziddiyatda bo‘ladi va o‘zaro kurashdadir. Tabiatdan misol olsak, hayotning mazmuni modda almashinuvidir, shakl esa, o‘simlik, hayvonot odam va h.k. Ma’naviy hayotdan misol olsak, o‘zbek madaniyatining mazmuni uning ma’naviy boyligi, shakli esa milliyligidir. Siyosiy hayotdan misol olsak, siyosat ijtimoiy guruh, millatning qonun darajasiga ko‘tarilgan irodasidir, shakllari esa iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy, madaniy munosabatlardir.
Mazmun va shakl dialektik birlikda, ziddiyatda bo‘lib, mazmun belgilovchi, etakchi rol o‘ynaydi. U shaklni tug‘diradi, har qanday shaklni emas, balki o‘ziga mos kelmagan shaklni tashlab, yangisini oladi. Shakl mazmunga bog‘liq, qaram bo‘lgani bilan unga befarq, passiv betaraf emas. U nisbiy mustaqillikka ega. U mazmunga faol ta’sir etadi, uning roli katta. Shaklsiz mazmun ham qurug‘. Masalan, respublikamizning iqtisodiy bazisi mazmun bo‘lsa, ustqurmasi shakldir. Shu shakl bazisga faol ta’sir etib, uni boyitmasa, uni qanday qilish yo‘l, usul, vositalarini topib bermasa, bazis rivojlanmaydi. Shakl tushunchasi antik falsafada, ayniqsa, Arestotelda muhim ahamiyatga ega edi. U shakl tushunchasini tartib tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha sifatida ishlatgan. Aristotel shakl deganda aktiv bosh ibtidoni tushungan va shakl mazmundan oldin, “sof holda mavjud bo‘lishga qobil” degan. Uning fikricha, shakl materiya bilan qo‘shilgach, uni uyushtiradi, passiv “material”dan shakllangan narsaga aylantiradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin