Reja: Falsafiy dunyoqarash nima degani? Falsafaning asosiy xususiyatlari va vazifalari. Falsafaning predmeti Falsafiy bilim tarkibi



Yüklə 278,38 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü278,38 Kb.
#179473
1   2   3   4   5   6   7
FALSAFA. BIO 302-GURUH SHODIQULOV ILHOMBEK 125262527

Falsafa nazariy tafakkur sifatida Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariyshaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma'lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko‘nikma va an'analar)dan farqli o‘laroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqyea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi daobilimi (bevosita ma'lum modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao(mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish - yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: «er yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak uning bolalarini ham anglash mumkin bo‘ladi».

Falsafa faqat usul emas, balki metodologiya, ya'ni tamoyillar tizimi va tashkil topish usullari, bilish va amaliy faoliyat tuzilishi, shuningdek ushbu tizim to‘g‘risidagi ta'limot ham hisoblanadi. Bilish va tafakkur rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etgan usullar va tushunchalar aynan falsafa doirasida kashf qilingan va ishlab chiqilgan. XVIII asrga qadar haqiqiy bilimga erishishning universal usuli deb hisoblangan Arastu mantiqini, F.Bekonning tajribaviy-induktiv usulini, R.Dekartning deduktiv-ratsionalistik usulini, Xegelning dialektik usuli kabilarni misol keltirish yetarlidir.

Falsafaning metodologik vazifasi uning dunyoqarash vazifasi bilan chambarchas bog‘liq. Bu falsafada shakllangan olam manzarasining ayni bir paytda metodologiya ham bo‘lib, inson tafakkuri va xulqiga, faoliyatning turli sohalari (fan, san'at, siyosat va hokazolar)ga metodologik ta'sir etishini anglatadi. Shunday qilib, falsafa o‘zining metodologik vazifasini amalga oshirib, tafakkur va xulq usullarining vujudga kelishi hamda shakllanishida bevosita qatnashadi. Bu usullar har bir tarixiy davr o‘zini anglaydigan va ifodalaydigan shakllardir.


Yüklə 278,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin