Reja: Fermentlar


Fermentlar asosiy belgilariga ko’ra 6 ta katta sinfga bo’linadi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə3/4
tarix17.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#114874
1   2   3   4
Fermentlar tuzilishi

Fermentlar asosiy belgilariga ko’ra 6 ta katta sinfga bo’linadi:
Оksidoreduktazalar - oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalarini katalizlovchi fermentlar. Transferazalar – tashuvchi (molekulalar ichida va molekulalararo ko’chishni katalizlovchi) fermentlar
Gidrolazalar – suv ishtirokida organik birikmalarning parchalanish reaktsiyasini tezlashtiruvchi fermentlar.
Ligazalar (sintetaza) – ikki molekula ATF ishtirokida uch pirofosfat bog’ining uzilishi hisobiga birikishini ta`minlovchi fermentlar.
Liazalar – nogidrolitik ravishda moddaning parchalanishini ta`minlovchi fermentlar.
Izomerazalar – izomerlanish reaktsiyalarini ta`minlovchi fermentlar. Ular molekulalar orasidagi ko’chish, oksidlanish - qaytarilish , kimyoviy bog’lanishni qayta taqsimlanishi hisobiga, kimyoviy birikmalarning fazoviy izomerlanish reaktsiyalarini katalizlovchi ferment.
Har bir sinf tarkibiga «sinfchalar» kiradi. Bu narsa fermentlarning tanlovchanligi bilan belgilangan. Masalan, gidrolazalar sinfiga kiruvchi peptidazalar kelib chiqadi. Оqsil peptidlarga gidrolizlaydi. Peptidazalar oqsilni aminokislotalargacha parchalaydi.
Fermentlarning aktivligining o’lcham birligi. Fermentlarning kattaligi katallarda (kat) o’lchanadi. 1- katal bu shunday katalitik aktivlikki, u 1 sekundda 1 mol reaktsiyani amalga oshiradi. Undan tashqari solishtirma katalitik aktivlik ko’rsatkichi bo’lib, bu kattalik eng asosiy ko’rsatkichlardan bo’lib, fermentning miqdorini ham hisobga oladi. Har bir katalitik fermentning kataldan o’lchangan aktivligini ko’rsatadi. (kat/kg) Fermentlar nomenklatura buyicha 4 ta raqam bilan kodlanadi. Raqamlarning birinchisi uning qaysi sinfga mansubligini ko’rsatadi. Keyingilari sinf tarkibidagi sinfchalarga ta`luqlidir.
Ayrim tur kofermentlar vakillari,-
  • Nikatinamidli kofermentlar, oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarida keng ishtirok etuvchi kofermentlar. Bularning asosiy vakili NAD va NADF.
  • Flavinli kofermentlar, flavinmononukleotid-FMN va flavinadenindinukleotid-FAD hisoblanadi. Bular nafas olish zanjirida vodorod va elektron bilan ta`minlash.
  • Lipoat kislota,- bular o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarda keng tarqalgan bo’lib, asosiy vazifasi ketokislotalarning oksidlanishli dekarboksillanish reaktsiyasini katalizlashdan iborat. 4. Glutation,- keng tarqalgan tabiiy peptidlardan hisoblanadi. Bunda tsisteinning sulfigidril (SH) gruppasi katalitik gruppa rolini o’taydi. U oksidlanish – qaytarilish reaktsiyalarini katalizlaydi.
  • Koferment A, (KoA) moddalar almashinuvida keng miqyosda ishtirok etadigan kofermentlardan hisoblanadi.
  • Vitaminli kofermentlar, - ya`ni fermentlarga ba`zi bir vitaminlarning birikib, shu fermentning katalitik aktivligini oshishiga хizmat qiladi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin