Egri chiziqli harakatning xususiy holi bo‘lgan moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab tekis harakatini ko‘raylik. Bu holda tezlanishning urinma tashkil etuvchisi bo‘lmaydi (= 0) va tezlanish o‘zining markazga intilma tezlanishiga teng bo‘ladi ().
Moddiy nuqtaning aylanma bo‘ylab tekis harakatini burchak tezlik deb ataluvchi fizik kattalik bilan xarakterlash mumkin, bunda burchak tezlik deb R radiusning burilish burchagi ning bu burilish bo‘lgan vaqt oralig‘i t ga nisbatini tushunish kerak
(1.20)
Notekis harakat uchun, oniy burchak tezligi tushunchasi kiritiladi
Burchak tezlikning o‘lchov birligi radian taqsim sekunddir (rad/sekund). ekanligini e’tiborga olib, chiziqli tezlikni burchak tezlik bilan bog‘lovchi munosabatni topamiz:
(1.21)
Moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab bir aylanish vaqti aylanma davri T va vaqt birligidagi aylanishlar soni (aylanish chastotasi) ni kiritaylik.
(1.22)
T ning o‘lchov birligi sekund (s), ning o‘lchov birligi esa s-1 bo‘lib, Gers deb nomlangan; Gerc sekundiga bir marta aylanishdir.
Moddiy nuqta bilan bog‘langan aylana radiusi T davr ichida 2 burchakka burilgani uchun (1.20) formulaga muvofiq
(1.23)
(1.21), (1.22), (1.23) formulalardan foydalanib quyidagini hosil qilamiz:
. (1.24)
Moddiy nuqtani aylana bo‘ylab notekis harakatlanganda chiziqli tezlik bilan birga burchak tezlik ham o‘zgaradi. Burchak tezligi o‘zgarishi ning shu o‘zgarish bo‘lgan vaqt oralig‘i t ga nisbati o‘rtacha burchak tezlanish o‘r deb ataladi.
. (1.25)
o‘r ning vaqt oralig‘i nolga intilgandagi limiti oniy burchak tezlanishi deyiladi:
. (1.26)
Demak, burchak tezlanish burchak tezlikdan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli hosilaga teng ekan, ning o‘lchov birligi radian taqsim sekund kvadrat (rad/s2) dir.