2. Bolalar folklorining turlari va ulardan samarali foydalanish. Bolalar fol’klori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, o‘ynashiga moslangan bo‘ladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehr-muhabbati bilan o‘g‘rilgan bo‘lib, ularda go‘dakning istiqboliga oid orzu-umidlar, bola yashayotgan muhitda o‘z ifodasini topadi. Bolani belash, o‘tqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, o‘ynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi.
O‘zbekiston bolalar fol’klori namunalari to‘plam xolida 1932 yildan nashr yetila boshladi. Bolalar qo‘shiqlarining ko‘plari yil fasllari bilan bog‘lik. "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz bo‘ldi", "Qurbaqa", "Qaldirg‘och" kabi qo‘shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bog‘liq.
Kattalar tomonidan yaratilgan alla, ovunmachoq va erkalamalar onalar mehr-muhabbati bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularda go‘dakning istiqboliga orzu umidlar, bola yashayotgan muhitda o‘z ifodasini topadi. Bularga bolani belash, o‘tqazish, sakratish, o‘ynatish va ovutishlarda “Toy-toy”, "Bordibordi" va boshqa ovunmachoqlar kiradi.
Bolalar folklor qo‘shiqlarining ko‘plari yil fasllari bilan bog‘liqli bolalarning tabiatni anglashga va bog‘lashga hizmat qiladi. "Boychechak", "Oftob chiqdi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi - yoz bo‘ldi", "Qurbaqa", "Qaldirg‘och" kabi qo‘shiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq ko‘chalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomg‘ir yog‘ishi, quyoshninig olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat xodisalari bilan bog‘liq.
"Bu bog‘chada olicha", "Zuvzuv borag‘on", "Chamandagul", "Oq sholi, ko‘k sholi" va boshqa qo‘shiqlar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va san’at bilan bog‘liq mehnat jarayonlari, kattalar xatti-harakatlariga taqlid aks etadi.
Folklorning mavsumiy qo‘shiqlaridan Markaziy Osiyo mintaqasi va jamoaviy bayramlarni o‘tkazishda keng foydalanishgan. Folklor qo‘shiqlarning xalq sayillarida, keng dalalarda jamoa bo‘lib kuylanishi bolalarning mehnatga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va shu bilan bir qatorda birdamlik, hamjihatlilik tuyg‘ularini shakllantirishda katta yordam beradi.
Xalq urf – odatlari va an’analari xalqimizning o‘zi kabi umrboqiydir. Yurtimizning har bir go‘shasida o‘ziga xos marosimlar, an’analar mavjud. Xalq an’analari va marosimlari jo bo‘lgan asriy qadriyatlar ma’naviyat ko‘zgusiga aylangan qanotli orzular, folklor ijrochilarining ko‘p asrlar davomidagi ijodiy faoliyati natijasida sayqallanib, barkamollashib kelgan.
Tarixiy manbalarga asoslanib yil fasllari va mehnat mavsumlarini folklorshunos olimlarimiz yilning to‘rt fasliga doir quyidagi ma’lumotlarni bergan:
Bahor faslida – Navro‘z bayrami, Sust – xotun, Shox – moylar, Gul bayrami.
Yoz faslida – Choy momo.
Kuz faslida – Hosil bayrami, Oblo baraka, Shamol chaqirish.
Qish faslida – Yas-yusun, Gap – gashtak.
Mavsumiy marosim qo‘shiqlarining eng ko‘p namunalari bahor fasli va undagi marosimlar bilan bog‘liq.
Bahor faslining asosiy mavsumiy marosimi Navro‘z bayramidir. Navro‘z bayramining o‘tkazilishi ko‘p asrlar davomida qaror topib kelmoqda. Tarixiy manbalardan xabar berilishicha, uzoq o‘tmish davomida Navro‘z bayrami sosoniylar (XI–VI asr) davrida keng nishonlangan.
Sharq klassik musiqa tizimining asoschisi Borbad Marvaziy gullar, bahor, ranglar, Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan qo‘shiqlari shu fikrlarning dalilidir.
Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan marosimlarda bolalar ijodiyoti e’tiborga loyiqdir. Bolalar kattalar qatorida marosimlarda qatnashib kelganlar. Shu bois “Boychechak”, “Laylak keldi”, “Oq terakmi – ko‘k terak” kabi bolalar tabiatiga mos o‘yin – qo‘shiqlar ijod qilish.
Bahor faslida o‘tkaziladigan yana bir necha marosimlar Sust –xotin, Shoxmoylar, Gul bayramidir. Shuni ham aytish joizki, bu marosimlar sahnaviy ko‘rinishda bo‘lib, jamoa tomonidan ijro etilgan. Yillar davomida bu marosimlar o‘z mavqeini yo‘qotgan bo‘lsa–da, ammo ijtimoiy badiiy tafakkur rivojida ma’lum ahamiyat kasb etib kelgan.
O‘zbek musiqa merosining eminligi qatlamini erimi mavzuli kuy va qo‘shiqlar tashkil etadi. Bu o‘zbek xalq musiqa janridan bo‘lib, mazmun xilma - xilligi, ommabop ijrosi bilan boshqa janrlardan farqlanadi.
“Qo‘shiq” so‘zi ikki ma’noda keladi; birinchisi, qo‘shiq bu nisbatan kichik ovoz doirasiga ega bo‘lib, she’riy tuzilishi barmoq vazmida kelib, qo‘li qofiyalikka ega. Ikkinchi ma’noda ovoz bilan kuylash, yani so‘z va kuyning birligi.
Qo‘shiqlarda she’riy tuzilishi qo‘li qofiyada kelib, (a a b a, a a b b, a b a b ) to‘rt misralardan iborat ruboiilar ishlatiladi.
Kuy tuzilishi esa mazmuniga bog‘liqdir. Chunki qo‘shiqlar turli xilma - xil ko‘rinishga ega, jumladan, hajviy, tarixiylik bilan birga ko‘proq lirik ko‘rinishda keladi. Asosiy qo‘shiqlarni ovoz doirasi nihoyat torligi /kvarta, kvinta, seksta/ sababli ijrolarning ijro jarayonida qiyinlik tug‘dirmaydi, qo‘shiqlari ijrosida ko‘proq doira musiqa asbobi jo‘rsozlik qiladi.
Bizning davrimizga mashhur bo‘lib, sevilib kuylab kelinayotgan qo‘shiqlar bu parangsi, baland tog‘ ustida, shamol eshik ochadi, daryo toshqin va h.k.Mehnat qo‘shiqlari xalq og‘zaki ijodining ibtidoiy shakllaridan biri hisoblanadi. Ularning yuzaga kelishi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Inson faoliyatining turli jabhalari yer haydash, tegirmon yanchish, ip yigirish va boshqa mehnat jarayonida mehnat bilan birgalikda ijod etilib, mehnatkash qalbiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab kelgan qo‘shiqlardir. Hozirgi kunda mehnat qo‘shiqlarining ayrimlari saqlanib kelgan va ular uch guruhga bo‘linadi:
1. Chorvadorlik qo‘shig‘i.
2. Dehqonchilik qo‘shig‘i.
3. Hunarmandchilik qo‘shiqlari.
Chorvadorlik qo‘shiqlari aholining chorvachilik bilan bog‘liq turmush tarzi va mehnat jarayoni bilan bog‘liq. Ularning bizgacha saqlanib yetib kelgan namunalari asosan sog‘im qo‘shiqlaridan iborat, ya’ni bu qo‘shiqlar uy hayvonlari: sigir, biya, tuya, echkilarni sog‘ish jarayonida kuylanadi.
Folklorning turlari Bolalar tabiatan maqol, topishmoq, tez aytish, ertak, rivoyat va dostonlarga qiziqadilar, ularni yod olishga, ertak va doston qaxramonlaridek jasur, mard, zukko bo‘lishga harakat qiladilar. Shuningdek, maqol va ertaklarda ham izzat-xurmat, ahlok-odob, mehnatga muhabbat, vafo-sadokat, adolat, hakikat, yaxshilik kabi fazilatlarni ulug‘lanishi hamisha kelajak avlodning yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishiga hizmat qilib kelayapti.
Folklor asarlarini bola tug‘ilganidanoq alla orkali his qiladi. Inson umrining to‘rt davri yilning to‘rt fasliga bezatilganidek, bolalik davri o‘z tarovati, o‘z mehri bilan alohida hususiyatga ega. Bu hususiyat, ayniksa, bolalar qo‘shiqlari, o‘yinlarida ko‘zga tashlanadi. Bolalar termalari xususan, uch yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida ko‘prok kuylanadi. Ular to‘rt misradan iborat bo‘lgan she’r va qo‘shiqlardan tashkil topgan bo‘lib, bola tomonidan ijod qilingan. Bola tomonidan aytiladigan termalar ularning so‘z boyligi darajasida belgilanadi. Bu yoshdagi bolalar psixologlarning aytishicha, 1300 dan 3000 gacha mikdordagi so‘zlarni o‘zlashtirar ekan. Inchunin, bola erkin vaznda qofiyali yoki qofiyasiz she’r to‘kiy olishi mumkin. Bolalar tilidan aytilib yuriladigan ko‘yidagi termalarga e’tibor karatsak:
Qo‘zichog‘im jingalak,
Juni silliq jamalak.
Ko‘zi qora quralak,
Rangi guyo kamalak.
O‘zbek bolalar termalari xazinasi juda boy, sermazmun, serbuyok va oxangdor. Bola xayotini o‘yin-kulgi bilan birga o‘kish, maktabga borish, kattalardek ishlash orzu-istagi bilan ham to‘ldiradi. Ularni mujazgina ijod laboratoriyasida ishlaydi. Termalar bolalarni jismonan, aklan va ma’nan tetiklashtiradi. Tafakkurini, nutkini ustiradi.
Bolalar qo‘shiqlari dastlab 1932-yilda nashr kilingan “Ashulalar to‘plami”da chop qilingan. Bunda “Bozor boraymi kizim?”, “Boshginam og‘riydi” kabi ikkita xazil-mutoyiba qo‘shig‘i kiritilgan. 1934- yilgi to‘plamda esa “Kaychi-kaychi” termasi va “Laylak keldi” qo‘shiqlari bosilgan. 1935-yilgi “Ashulalar to‘plami”da ham bolalar repertuariga maxsus bo‘lim ajratilib, to‘kkizta bolalar qo‘shiqlari nashr etildi. 1937- yilda esa o‘zbek bolalar qo‘shiqlari alohida kitob xolida “Bolalar 105 qo‘shiqlari” nomi bilan chop etildi. Bolalar qo‘shiqlarini mavzu qamroviga qo‘ra quyidagicha guruxlashimiz mumkin:
Mehnat qo‘shiqlari
Mavsum-marosim qo‘shiqlar.1 Mavsum-marosim qo‘shiqlari yil fasllari va milliy an’analarimiz bilan bog‘lik bo‘lgan, fakat bolalar tomonidan ijro etiladigan qo‘shiqlardir. Kattalar bolalarninig tabiatga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, muhabbatini oshirish, har bir faslning o‘z ziynati bilan tanishtirishda ham faol bo‘lganlar. Yil fasllari bilan bog‘lik bahorda kuylanadigan qo‘shiqlar “Boychechak”, — “Oftob chikdi olamga”, “Chittigul”, “Qaldirg‘och” kabilar shular jumlasidandir.
O‘zbek bolalari orasida 30-yillardan beri archa bayramini nishonlash, qorboboni kutib olish odat bo‘la boshlaydi. Bu taraddud asta-sekinlik bilan kengayib, an’anaga aylanib koldi.
Mehnat qo‘shiqlari:
• Bolalar, xususan, 7 yoshdan boshlab mexnat jarayoniga kirishadilar; Bajariladigan ishlarni anglay boshlaydilar;
• Bolalar kattalar bilan birgalikda podaga chikkanda, ekin yerlarni chumchuk, olaqarga va shunga o‘xshash qushlardan ko‘riqlaydigan paytda o‘z qo‘shiqlarini aytadilar;
Mexnat bolani ijtimoiy hayotning ichiga olib kiradi, turmush, oila, ro‘zg‘or degan tushunchalarni mehnat orqali anglay boshlaydilar.
Bolalar o‘yinlari:
S.Marshakning ta’rificha, “o‘yinlar oddiy jismoniy harakatlardangina iborat bo‘lmay, ma’lum ritm, ohang, badiiy so‘z, syujet va kompozitsiyalarga ega bo‘lgan bolalarning jiddiy mashg‘ulotlaridir” Bolalar yoshlikdan o‘yinlar bilan ovunib, undan ma’naviy zavq oladilar, aqliy va jismoniy kamolotga erishadilar.