Fond birjasining asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi:

Bo`sh pul kapitallari va jamg`armalarni qimmatli qog`ozlar sotishvositasida jalb qilish va markazlashtirish;davlat va xolding kompaniya tashkilotlarini qimmatli qog`ozlar sotishvositasida krеditlash va moliyalashtirish;qimmatli qog`ozlarga qo`yilmalar likvidligi yuqori darajasini ta`minlash.
Fond birjasi qimmatli qog`ozlarga talab va taklifni markazlashtirishga,aktsiyadorlik kapitalining faoliyat samaradorligi darajasini aks ettiruvchi birja narx shakllanishi asosida ularning muvozanatlanganligini ta`minlashga imkon bеradi.
Fond birjasining asosiy vazifalari
Xususiy xo’jalik subyektlari va davlat investitsiyalarni ularning qimmatli qog’ozlari xaridini tashkil etish yo’li bilan moliyalashtirish
Qimmatli qog’ozlarning yuqori darajadagi likvidligini, yani qimmatli qog’oz egalari uchun yoqotishlarsiz tezda pul mablag’larga aylanishini ta’minlash
Fond birjasi – qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan standart moliyaviy vositalar bilan savdo qilish uchun uyushgan bozor. Fond birjasi savdo qatnashchilari, savdo qilinadigan vositalar, investorlarni himoya qilish nuqtai nazaridan eng yaxshi bozor hisoblanadi. Fond birjasining funksiyalari: 1. doimiy faoliyat yuritadigan bozor yaratish; 2. narxlarni talab va taklif yordamida belgilash; 3. savdo predmetlari (moliyaviy vositalar) va ularning narxi haqida axborot tarqatish; 4. savdo qoidalarini ishlab chiqish; 5. savdo qatnashchilari professionalizmini qo‘llab-quvvatlash; 6. fond bozori va butun iqtisodiyot holatini indikatsiyalash. Birjalarning tashkiliy-huquqiy shakllari turli mamlakatlarda farq qiladi, ular yillar davomida o‘zgarib kelgan. Bu xususiy kompaniyalar, davlat tashkilotlari bo‘lishi mumkin. Jahon mamlakatlarida qimmatli qog‘ozlar bozori iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblansa, fond bozori esa uning zaruriy bo‘g‘inidir. Jahon fond bozori savdo hajmi 2017 yilda jami 65,6 trln. AQSh dollarini tashkil etib, unda asosiy ulushni AQSh 36,3 % (23,8), Xitoy 10,1 % (6,6), Yaponiya 7,9 % (5,2) Gong Kong 6,3 % (4,1) Buyuk Britaniya 4,6 % (3,0) kabi mamlakatlar egallab turibdi. Jahonda ushbu bozor infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha yetakchi xisoblangan, yuqorida sanab o‘tilgan va Kanada, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Shveysariya kabi 10 ta mamlakatning ulushi 51,4 foizni tashkil etganligi O‘zbekistonda ham fond bozori infratuzilmasini yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda.

O‘zbekistonda fond bozori yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini investitsiyalarga yo‘naltiradi va iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga transfarmatsiyalanishiga imkoniyat yaratadi. O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari bo‘yicha barcha operatsiyalar fond birjasi elektron savdo tizimi hamda uyushgan va uyushmagan savdo tizimi orqali amalga oshiriluvchi infratuzilma shakllantirildi. Biroq, qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozorini to‘la ishga tushirish, fond birjasida aksiyalar qiymatini muntazam e’lon qilib borish, aholida aksiyalar sotib olishga ishtiyoqi va intilishini oshirish, aksiyalarning haqiqiy qimmatli qog‘ozga aylantirish hamda aksiyadorlar uchun muhim daromad manbai bo‘lishi ta’minlanmaganligi, fond bozori infratuzilmasi faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi fond bozorini rivojlanish imkonini bermayapti.