Reja: Futbol o’yinining paydo bo’lishi



Yüklə 33,28 Kb.
səhifə1/2
tarix16.10.2023
ölçüsü33,28 Kb.
#156308
  1   2
Fudbolo\'yini kelibchiqish qoydalari va tarxi


Fudbolo'yini kelibchiqish qoydalari va tarxi
Reja:

  1. Futbol o’yinining paydo bo’lishi.

  2. Futbolni rivojlanishi.

Bizgacha yetib kelgan daslabki qoidalar esa 1863 yil, 8 dekabrda e’lon qilingan. Quyida o’sha qoidalar teksti «Futbol: tarixi uyushtirish, texnika, trenirovka va taktakasi» (Moskva, 1927 yil) kitobida qanday e’lon qilingan bo’lsa, xuddi o’shanday keltiriladi:



  1. Maydonning bo’yi 200 yard (183 m) dan, eni 100 yard (91,5 m) dan oshmaydi. Maydonning burchaklarida bayroqchalar o’rnatiladi. Ustiga tusin yotqizilmagan darvoza 8 yard (7,32 m) oraliqda o’rnatilgan bo’lib, ikkita ustundan iborat.

  2. Kim qay tomonda o’ynashi qur’a tashlab xal qilinadi. Qur’ada yutqazgan komanda maydon markaziga qo’yilgan to’pni tepib, o’yinni boshlab beradi. Ikkinchi komanda o’yinchilari to’p tepulgunga qadar unga 10 yard (9,1 m) dan yakin kela olmaydilar.

  3. Darvozaga to’p urilgandan keyin, komandalar tomonlarni almashadilar.

  4. To’p qo’lda uloqtirilmay, qo’lda zarba berilmay yoki qo’lda ko’tarib kirilmay, ikki ustun oralig’idan yoki ularning davomi oralig’idan utsa darvoza zarb etilgan hisoblanadi.

  5. Agar to’p yon chiziqdan tashqariga chiqib ketsa, unga hammadan avval tega olgan o’yinchi to’p chiziqni kesib o’tgan joydan, chiziqqa nisbatan to’g’ri burchak hosil qiladigan yo’nalishda to’pni qo’lda maydonga tashlab beradi. To’p yerga tekkan zahoti o’yinga kirgan hisoblanadi.

  6. O’yinchi zarb berayotgan paytda uning komandasining zarb beruvchidan ko’ra raqib darvozasiga yaqinroq turgan o’yinchilari o’yindan tashqari holatda hisoblanadi va ular to’pga tega olmaydilar yoki raqiblarga xalaqit bera olmaydilar…

  7. To’p darvoza chizig’idan tashqariga chiqib ketib, chiziqning nariyog’ida himoyalanayotgan komanda o’yinchisi birinchi bo’lib unga teksa, shu komanda darvoza chizig’ining o’yinchi to’pga tekgan joy ro’parasidagi nuqtasidan to’p tepish huqiqini oladi: bordiyu hujum qilayotgan komanda o’yinchisi to’pga birinchi bo’lib tegsa, unda shu komanda darvoza chizig’ining o’yinchi to’pga tekkan joy ro’parasidagi nuqtasidan 15 yard (13,6 m) maydon ichkarisidagi nuqtadan erkin to’p tepish huquqini oladi. Erkin to’p tepish paytida himoyadagi komanda to to’p tepulgunga qadar darvoza chizig’idan tashqarida turadi.

  8. Agar o’yinchi boshqa o’yinchi zarbasidan uchib kelayotgan to’pni bevosita qo’li bilan ilib olsa, shu holat ro’y bergan joyni belgilab olib, o’sha joydan erkin tepishi mumkin.

  9. O’yinchilar to’pni qo’llariga olib yugira olmaydilar.

  10. O’yinchilarni chalish va urish man etiladi, shuningdek o’yinchini qo’l bilan ushlab tuxtatib qolish yoki turtish man etiladi.

  11. To’pni qo’l bilan uzatish man etiladi.

  12. Maydon ichida to’pga qo’l tekkizish man etiladi.

  13. Temir yoki guttaperchadan qilingan joylari turtib chiqqan poyabzalda o’ynash man etiladi.

Ko’rinib turibdiki, 1863 yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan anchagina farq qilgan.

  1. yilda «o’yindan chiqqanlik» qoidasi yengillashtirildi. Endiki raqiblar sirt chizig’i bilan o’zi o’rtasida qarshi tomon o’yinchilaridan uch kishi bor bo’lsa, bu o’yinchi «o’yindan chiqqan» bo’lmaydi. Yana shu yili darvoza ustunlarini gorizontal arqon tortib birlashtirishga qaror qilinib, arqonning yerdan balandligi 5,5 m qilib belgilandi. 1871 yildagina golpekir «darvozabon»ga qo’lda o’ynash ruxsat etildi. To’p himoyadagi o’yinchiga tegib, sirt chiziqdan maydon tashqarisiga chiqib ketganda burchakda to’p tepish qoidasi 1873 yilda kiritildi.

  1. yili ustunlarni birlashtirib turgan arqon yerdan 2,44 m balandlikda yotqizilgan to’singa almashtiriladi. O’sha yili darvozaga to’p «kiritilgan»dan keyin tomonlar almashinish qoidasi, o’rniga o’yinchilar tanaffusdan qaytgandan keyin almashish qoidasi joriy qilindi.

1882 yili to’rtta mustaqil futbol ittifoqi – Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashadilar. Yagona qoidalar qabul qilinadi va futbol qoidalariga biron bir o’zgarish kiritish huquqiga ega bo’lgan Xalqaro kengash tasdiqlanadi.
Futbol maydonida sudya birinchi marta 1880-1881 yillarda ishtirok etadigan bo’ldi. O’yinni belgilangan qoidalarga muvofiq o’tkazish, urilgan gollar nechta bo’lganini aniqlash va boshqalar, hatto o’sha vaqtlardayoq sudyaning vazifasi edi. 1891 yildan sudya maydonga ikkita yordamchisi bilan chiqadigan bo’ldi.
1871 yilda Angliyada mamlakat kubogi uchun o’yin ta’sis etildi. Ingliz futbol klublari hozirgi vaqtda ham o’sha kubok uchun kurashib kelmoqdalar.
Xalqaro miqiyosdagi daslabki futbol o’yini 1873 yili Angliya bilan Shotlandiya futbol komandalari o’rtasida bo’lgan edi. Komandalardagi o’yinchilar soni 11 kishidan ko’p bo’lmasada, ularning joy joyiga qo’yilishi, hozirgi vaktdagidan boshqacharoq bo’lgan. Angliya komandasida yetti o’yinchi hujumda, bittasi yarim himoyada musobaqalashgan, ularda yana ikkita himoyachi va bitta darvozabon bo’lgan. SHotlandiya komandasi olti hujumchi, ikkita yarim himoyachi, ikki himoyachi va darvozabondan iborat edi. Keyingi yili ingliz futbol komandalari ham o’yinchilarni shotlandchasiga joylashtirishga o’tadi, chunki ana shunday joylashtirish o’zini oqlagan bo’lsa kerak.
Qoidaga kirgan uzgarish va takomillashuvlar, so’zsiz, o’yin texnikasi va taktikasiga ta’sir qilmay qolmas edi.
X1X asrning 80-yillarida futbol o’yini kontinental Evropa qit’asi mamlakatlariga ham tarqaldi. Futbol 1875 yilda Gollandiyada, sal keyinroq Daniyada o’ynala boshladi. Daniya ko’p o’tmay qit’ada futbol bo’yicha yetakchi o’ringa chiqib, birinchi jahon urushiga qadar shu mavqeini saqlab keldi. Futbol 1882 yildan Shveysariyada, 1890 yildan Chexiyada, 1894 yildan Avstriyada o’ynala boshladi.



Yüklə 33,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin